Yilning ikkinchi choragida uy-joy narxlari 4% ga oshdi
Toshkent shahrida uy-joy narxlari o‘tgan chorakka nisbatan 1,3% ga, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan esa 3,9% ga qimmatlashgan
Фото: Абдумавлон Мадмусаев / Kapital.uz
2026-yilning II choragida O‘zbekistonda uy-joy narxlari o‘tgan chorakka nisbatan 1,3% ga, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan esa 4% ga oshdi. Bu haqda Statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.
Hisobotga ko‘ra, kvartiralar narxi chorak davomida 1,2% ga, yillik hisobda esa 5,5% ga qimmatlashgan. Xususiy uy-joylar narxi esa mos ravishda 1,4% ga va 2% ga oshgan.
Yangi qurilgan uy-joylar narxi I chorakka nisbatan 0,7% ga, 2025-yilning mos davriga nisbatan esa 7,1% ga ko‘tarilgan.
Ikkilamchi bozordagi uy-joylar narxi chorak davomida 1,6% ga, yillik hisobda esa 4,2% ga oshgan.
Toshkent shahrida uy-joy narxlari o‘tgan chorakka nisbatan 1,3% ga, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan esa 3,9% ga qimmatlashgan. Poytaxtdagi yangi uylar narxi chorak davomida 1% ga, yillik hisobda esa 5% ga oshgan.
Toshkentdagi ikkilamchi bozorda kvartiralar narxi uch oyda 1,5% ga, bir yil davomida esa 3,2% ga ko‘tarilgan.
Hududlarda esa uy-joy narxlari chorak davomida 1,1% ga, yillik hisobda 7% ga oshgan. Yangi qurilgan uylar narxi mos ravishda 0,5% ga va 8,7% ga, ikkilamchi bozordagi uylar esa 1,7% ga va 5,1% ga qimmatlashgan.
Ikkilamchi bozordagi xususiy uylar narxi mamlakat bo‘yicha uch oyda 1,4% ga, yillik hisobda esa 2% ga oshgan. Biroq Toshkentda bunday uylar narxi chorak davomida 0,7% ga pasaygan. Hududlarda esa aksincha, 2,8% o‘sish qayd etilgan.
Yillik hisobda poytaxtdagi xususiy uylar narxi 1,2% ga, viloyatlarda esa 2,7% ga qimmatlashgan.
Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ