O‘zbekiston mobil internet tezligi reytingida to‘rt pog‘onaga ko‘tarildi
Mamlakat simli internet tezligi bo‘yicha ham o‘z o‘rnini yaxshilab, 74-o‘rinni egalladi
Фото: Абдумавлон Мадмусаев / Kapital.uz
O‘zbekiston mobil internet tezligi bo‘yicha global reytingda o‘z pozitsiyasini yaxshiladi. Bu haqda Speedtest Global Index’ning 2026-yil iyun oyi hisobotida ma’lum qilindi.
Hisobotga ko‘ra, O‘zbekiston mobil internet tezligi bo‘yicha dunyo reytingida 73-o‘rinni egalladi. Ko’rsatkich may oyiga nisbatan to‘rt pog‘onaga yuqorilagan. Mamlakatdagi mobil internetning o‘rtacha yuklab olish tezligi 62,87 Mbit/sni tashkil etdi.
Simli internet segmentida ham ijobiy o‘sish qayd etildi. O‘zbekiston ushbu yo‘nalishda 76-o‘rindan 74-o‘ringa ko‘tarildi. Hisobotga ko‘ra, mamlakatda simli internetning o‘rtacha yuklab olish tezligi 94,14 Mbit/sga yetgan.
Mobil internet tezligi bo‘yicha dunyo reytingida BAA yetakchilikni saqlab qoldi. Mamlakatda o‘rtacha tezlik 672,87 Mbit/sni tashkil etgan.
Simli internet bo‘yicha esa birinchi o‘rinni Singapur egalladi. Bu mamlakatda o‘rtacha yuklab olish tezligi 447,75 Mbit/sga yetgan.
Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ