O‘zbekistonda kredit reklamalarida ortiqcha to‘lov va kreditning to‘liq qiymatini ko‘rsatish majburiy bo‘ladi

Mikroqarz reklamalari iste’molchilarni chalg‘ituvchi moliyaviy mahsulotlar esa vaqtincha yoki butunlay taqiqlanishi mumkin

O‘zbekistonda kredit reklamalarida ortiqcha to‘lov va kreditning to‘liq qiymatini ko‘rsatish majburiy bo‘ladi

O‘zbekistonda kredit va bo‘lib-bo‘lib to‘lash asosida sotiladigan mahsulotlar reklamasiga yangi talablar joriy etiladi. Bu prezident qarori bilan belgilandi.

Hujjatga ko‘ra, Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi Markaziy bank bilan birgalikda 2026-yil 1-sentabrgacha mazkur tartiblarni belgilovchi normativ-huquqiy hujjatni ishlab chiqadi.

Yangi talablarga asosan, fuqarolarga mo‘ljallangan kredit va bo‘lib-bo‘lib to‘lash asosidagi mahsulotlar reklamasida kreditning to‘liq qiymati, shuningdek, boshlang‘ich narx bilan yakuniy to‘lanadigan summa o‘rtasidagi farq, ya’ni ortiqcha to‘lov miqdori ochiq ko‘rsatilishi shart bo‘ladi.

Shuningdek, reklamalarda shartnoma tuzilayotgan paytda hisoblab bo‘lmaydigan daromad miqdorini kafolatlash taqiqlanadi. Mazkur cheklov moliyaviy xizmatlarni targ‘ib qiluvchi reklama materiallariga ham tatbiq etiladi.

Mikromoliya tashkilotlari reklamalari esa qarz oluvchilar uchun yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xavflar haqida majburiy ogohlantirish bilan birga berilishi lozim. Bundan tashqari, mikroqarz shartnomalarida xavflar to‘g‘risidagi ogohlantirishlar hujjat hajmining kamida 30% ini egallashi talab etiladi.

Prezident qaroriga muvofiq, iste’molchilarni chalg‘ituvchi yoki yolg‘on ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan kredit mahsulotlari aniqlansa, ularni realizatsiya qilish vaqtincha to‘xtatilishi yoki butunlay taqiqlanishi mumkin.

Bunday choralarni qo‘llash tartibini belgilovchi hujjatni ishlab chiqish 2026-yil sentabr oyining oxirigacha yakunlanishi rejalashtirilgan.

Avvalroq, 2026-yil 1-noyabrdan boshlab abonent roziligisiz reklama SMS-xabarlari va tijorat qo‘ng‘iroqlarini yuborish taqiqlanishi, shuningdek, mobil operatorlar foydalanuvchi talabiga ko‘ra spam-xabarlarni bloklashi majburiy etib belgilangani ma’lum qilingandi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Mahallalardagi ijtimoiy loyihalar uchun 240 mlrd so‘mlik jamg‘arma tashkil etiladi
/
Mahallalardagi ijtimoiy loyihalar uchun 240 mlrd so‘mlik jamg‘arma tashkil etiladi
Iyun oyida aholiga sezilgan inflyatsiya 10,2% ni tashkil etdi — MB
/
Iyun oyida aholiga sezilgan inflyatsiya 10,2% ni tashkil etdi — MB
Korporativ ta’lim loyihalari bozor rivojlanishiga qanday ta’sir ko‘rsatadi
/
Korporativ ta’lim loyihalari bozor rivojlanishiga qanday ta’sir ko‘rsatadi