Shahrisabz ko‘chasida 1,2 km uzunlikdagi BRT yo‘lagi qurilmoqda

Loyihaning birinchi bosqichida 1,2 km yo‘l, 6 ta bekat qurilib, avtobuslar uchun alohida yo‘lak tashkil etiladi

Shahrisabz ko‘chasida 1,2 km uzunlikdagi BRT yo‘lagi qurilmoqda

2026-yilning 24-iyulida Shahrisabz ko‘chasida jamoat transporti harakatini tezlashtirish va barqarorligini ta’minlash maqsadida BRT yo‘lagi qurilishi boshlangandi. Loyihaning birinchi bosqichi Shahrisabz–Mirobod–Shota Rustaveli aylanma chorrahasidan Amir Temur shoh ko‘chasi bilan kesishmagacha bo‘lgan 1,2 km uzunlikdagi yo‘l qismini qamrab oladi. Bu haqda Yo‘l harakatini tashkil etish markazi xabar berdi.

Hozirda yo‘lning asosi BRT talablari asosida qayta tayyorlanmoqda. Yo‘l qismi 2 metrdan ortiq chuqurlikkacha qazilib, grunt va namlik bilan bog‘liq muammolar bartaraf etilmoqda.

Yo‘l konstruksiyasi qatlamlari orasiga geotekstil materiali ham yotqizilmoqda. U namlikni chiqarish, grunt zarrachalarining qatlamlar orasiga aralashib ketishining oldini olish va yo‘l asosining barqarorligini oshirishga xizmat qiladi.

BRT yo‘lagi katta sig‘imli avtobuslarning doimiy qatnoviga mo‘ljallangani sababli yo‘lning mustahkamligi va uzoq muddat xizmat qilishi uchun maxsus texnologiyalar qo‘llanmoqda. Avtobuslar uchun ajratilgan yo‘lak boshqa transport vositalari harakatlanadigan qismdan bordyurlar orqali jismonan ajratiladi.

Loyiha doirasida 1,2 km uzunlikdagi uchastkada 6 ta avtobus bekati tashkil etiladi.

Birinchi bosqichdagi qurilish-ta’mirlash ishlarini 2026-yil 31-avgustga qadar yakunlash rejalashtirilgan. Keyingi bosqichlarda BRT yo‘lagini Shahrisabz ko‘chasi bo‘ylab davom ettirish ko‘zda tutilgan.

Loyihaning asosiy maqsadi — jamoat transporti uchun alohida va barqaror harakat yo‘lagini yaratish hamda avtobuslar qatnovining uzluksizligini ta’minlash.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Prezident Urganch–Xiva yangi pullik avtomobil yo‘li bilan tanishdi
/
Prezident Urganch–Xiva yangi pullik avtomobil yo‘li bilan tanishdi
O‘zbekistonda kichik biznes tekshiruvlariga 3 yillik moratoriy joriy etiladi
/
O‘zbekistonda kichik biznes tekshiruvlariga 3 yillik moratoriy joriy etiladi
O‘zbekistonda har yili daromadi 1 trln so‘mdan oshadigan 50 ta korxona IPO’ga tayyorlanadi
/
O‘zbekistonda har yili daromadi 1 trln so‘mdan oshadigan 50 ta korxona IPO’ga tayyorlanadi