Mirziyoyeva “Aman Group” va “Capital Group” rahbarlari bilan Buxoroda turizmni rivojlantirishni muhokama qildi

Uchrashuvda xalqaro mehmonxona brendlarini O‘zbekistonga jalb qilish va turizm salohiyatini oshirish masalalari ko‘rib chiqildi

Mirziyoyeva “Aman Group” va “Capital Group” rahbarlari bilan Buxoroda turizmni rivojlantirishni muhokama qildi

Saida Mirziyoyeva Buxoroda dunyoga mashhur kurort tarmoqlaridan biri — “Aman Group” raisi Vladislav Doronin hamda “Capital Group” direktorlar kengashi raisi Pavel Tyo bilan uchrashdi. Bu haqda Saida Mirziyoyevaning Telegram kanalida ma’lum qilindi.

Uchrashuvda Buxoroda turizm sohasini rivojlantirish istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.

Saida Mirziyoyeva O‘zbekiston tarixiy merosga avaylab yondashadigan xalqaro brendlar bilan hamkorlik qilishga ochiq ekanini ta’kidladi.

Uning qayd etishicha, bunday tashabbuslar mamlakatning sayyohlik salohiyatini yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qiladi.

Eslatib o’tamiz, Prezident adminstratsiyasi rahbari Kanada elchisi bilan viza tartiblarini yengillashtirish masalasini muhokama qilgandi. 

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekistonda korxona va tashkilotlar soni bir yilda 19% ga oshdi
/
O‘zbekistonda korxona va tashkilotlar soni bir yilda 19% ga oshdi
O‘zbekistonda ish haqini istalgan bank kartasiga olish imkoniyati yaratildi
/
O‘zbekistonda ish haqini istalgan bank kartasiga olish imkoniyati yaratildi
O‘zbekiston va O‘mon $5 mlrdlik loyihalar portfelini shakllantirdi
/
O‘zbekiston va O‘mon $5 mlrdlik loyihalar portfelini shakllantirdi