O‘zbekistonda ish haqini istalgan bank kartasiga olish imkoniyati yaratildi

Endi xodimlar ish beruvchi bilan ishlaydigan bankda alohida karta ochmasdan, o‘zi tanlagan bank kartasiga maosh olishi mumkin

O‘zbekistonda ish haqini istalgan bank kartasiga olish imkoniyati yaratildi

Oʻzbekistonda Mablagʻlarni taqsimlash markazi orqali fuqarolar endi ish haqini oʻzi tanlagan bank kartasiga olishi mumkin. Bu haqda 18-noyabr kuni Markaziy bank matbuot xizmati xabar berdi.

Avval xodimlarga ish haqini olish uchun, odatda, ish beruvchi tashkilotning ish haqi loyihasi yuritiladigan bankda alohida karta ochish talab etilar edi. Natijada fuqaroda boshqa bank kartasi mavjud boʻlsa ham, yangi karta ochish va keyinchalik mablagʻlarni bir kartadan boshqasiga oʻtkazish zarurati yuzaga kelardi. Mablagʻlarni taqsimlash markazi mazkur bogʻliqlikni bartaraf etib, fuqaroga oʻzi uchun qulay bankni tanlash imkonini beradi.

Mablagʻlarni taqsimlash markazi qanday ishlaydi?

  • 1-qadam: fuqaro oʻziga qulay bankni tanlaydi;
  • 2-qadam: shu bankdagi karta yoki elektron hamyon rekvizitlarini ish beruvchi buxgalteriyasiga taqdim etish lozim;
  • 3-qadam: ish beruvchining banki toʻlov maʼlumotlarini Mablagʻlarni taqsimlash markaziga yuboradi;
  • 4-qadam: tizim ularni tekshiradi;
  • 5-qadam: tizim mablagʻlarni siz tanlagan bankka yoʻnaltiradi.
  • Shundan so‘ng fuqarolar ish haqini oʻzlariga qulay bank kartasi yoki elektron hamyonga oladi.

Bu — tizimning birinchi versiyasi bo‘lib, hozircha u xususiy sektor tashkilotlari uchun ishlaydi. Keyingi yangilanishlarda foydalanuvchilar takliflari inobatga olinadi va yangi imkoniyatlar qoʻshib boriladi.

Mablagʻlarni taqsimlash markazi fuqarolarga ish beruvchi talabiga koʻra alohida yangi karta ochmasdan, oʻzida mavjud bank kartasi yoki elektron hamyonidan foydalanish imkonini beradi. Xodim boshqa bank kartasini tanlashi yoki keyinchalik rekvizitlarini oʻzgartirishi mumkin. Bunda karta yoki elektron hamyon xodimning oʻz nomiga rasmiylashtirilgan boʻlishi lozim.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekiston va O‘mon $5 mlrdlik loyihalar portfelini shakllantirdi
/
O‘zbekiston va O‘mon $5 mlrdlik loyihalar portfelini shakllantirdi
Jahon banki Samarqand viloyatida tibbiyotni rivojlantirish uchun $100 mln ajratadi
/
Jahon banki Samarqand viloyatida tibbiyotni rivojlantirish uchun $100 mln ajratadi
O‘zbekistonda yana to‘rtta bank islomiy bank faoliyati uchun litsenziya oldi
/
O‘zbekistonda yana to‘rtta bank islomiy bank faoliyati uchun litsenziya oldi