O‘zbekistonda yana to‘rtta bank islomiy bank faoliyati uchun litsenziya oldi

Birinchi bunday litsenziya 23-oktabr kuni Open Bank’ga berilgan edi

O‘zbekistonda yana to‘rtta bank islomiy bank faoliyati uchun litsenziya oldi

Markaziy bank 18-noyabrdagi qarorlari bilan to‘rtta tijorat bankiga islomiy bank faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziyalar berdi. Bu haqda regulyator xabar berdi.

Litsenziyalar quyidagi banklarga taqdim etildi:

  • “Ipak Yo‘li” aksiyadorlik innovatsion tijorat banki;
  • “Asia Alliance Bank” ATB;
  • “Orient Finans” XATB;
  • “Hayot Bank” AJ.

Ushbu litsenziyalar banklarga “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida” gi qonunning 5¹-moddasida nazarda tutilgan islomiy moliya operatsiyalarini amalga oshirish huquqini beradi.

O‘zbekistonda islomiy bank faoliyatini amalga oshirish uchun birinchi litsenziya 2026-yil 23-oktabrda Open Bank’ga berilgan edi.

Islomiy bank faoliyatini joriy etishning huquqiy asoslari 2026-yil 27-martda qabul qilingan O‘RQ-1126-sonli qonun bilan belgilangan. Unga ko‘ra, tijorat banklari tegishli litsenziyalar asosida an’anaviy va islomiy bank faoliyatini birgalikda olib borishi mumkin.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekistonda 95 ta nasos stansiyasini modernizatsiya qilish loyihasi Rossiya bankidan yangi kreditorga o‘tkazildi
/
O‘zbekistonda 95 ta nasos stansiyasini modernizatsiya qilish loyihasi Rossiya bankidan yangi kreditorga o‘tkazildi
Saida Mirziyoyeva Kanada elchisi bilan viza tartiblarini yengillashtirish masalasini muhokama qildi
/
Saida Mirziyoyeva Kanada elchisi bilan viza tartiblarini yengillashtirish masalasini muhokama qildi
Oʻzbekistonda Oʻmon ishtirokida yangi bank tashkil etish rejalashtirilmoqda
/
Oʻzbekistonda Oʻmon ishtirokida yangi bank tashkil etish rejalashtirilmoqda