Saida Mirziyoyeva Kanada elchisi bilan viza tartiblarini yengillashtirish masalasini muhokama qildi
Uchrashuvda savdo, investitsiya, ta’lim va ishbilarmonlik aloqalarini kengaytirish masalalari ham ko‘rib chiqildi
Saida Mirziyoyeva Kanadaning O‘zbekistondagi elchisi Kristofer Daggan bilan uchrashdi.
Savdo, investitsiya va ishbilarmonlik aloqalarini kengaytirish, ta’limdagi hamkorlik hamda viza tartiblarini yengillashtirish masalalariga alohida to‘xtalib o‘tildi.
Prezident administratsiyasi rahbari qo‘shma tashabbuslar o‘zaro munosabatlarni yangi bosqichga ko‘tarib, odamlar uchun keng imkoniyat va qulayliklar yaratishiga ishonamishini bildirdi.
Noyabr oyi boshida Saida Mirziyoyeva Emmanuel Makron bilan uchrashgandi. Tomonlar mudofaa, xavfsizlik, kibertexnologiyalar, sun’iy intellekt va iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish masalalarini muhokama qilgan.
Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ