Saida Mirziyoyeva Emmanuel Makron bilan uchrashdi
Tomonlar mudofaa, xavfsizlik, kibertexnologiyalar, sun’iy intellekt va iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish masalalarini muhokama qildi
O‘zbekiston Prezidenti administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Parijda Fransiya prezidenti Emmanuel Makron bilan uchrashdi.
Saida Mirziyoyeva uchrashuv davomida Fransiya rahbariga O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning samimiy salomini yetkazganini bildirdi.
Mudofaa, xavfsizlik, kibertexnologiyalar va sun’iy intellektdan tortib, yirik iqtisodiy va gumanitar loyihalargacha bo‘lgan yo‘nalishlarda strategik sherikligimizni rivojlantirish haqida fikr almashdik, deyiladi xabarda.
Avvalroq Saida Mirziyoyeva Parij tinchlik forumida ishtirok etgani xabar qilingandi. U forumda bolalar taqdiri va Samarqandda ko‘tarilgan masalalar xalqaro hamjamiyat vakillarini o‘ylantirayotganini his qilganini qayd etgan.
Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ