Taksi agregatorlari bozorida WB Taxi ustun mavqega ega operator deb topildi

Kompaniya faoliyatida monopoliyaga qarshi komplayens tizimi majburiy joriy etiladi va uning faoliyati monitoring qilib boriladi

Taksi agregatorlari bozorida WB Taxi ustun mavqega ega operator deb topildi

Raqobat qo‘mitasi buyrug‘i bilan yo‘lovchilarni taksida tashish uchun buyurtmalarni joylashtirish va taksi xizmatlarini ko‘rsatish imkonini beruvchi vositachilik xizmatlari bozorida “WB Taxi” MChJ ustun mavqega ega raqamli platforma operatori deb e’tirof etildi.

Qo‘mita ma’lumotiga ko‘ra, kompaniya faoliyatida raqobat to‘g‘risidagi qonunchilik talablariga rioya etilishini ta’minlash maqsadida monopoliyaga qarshi komplayens tizimi majburiy tartibda joriy etiladi.

Shuningdek, operator faoliyati ustun mavqeni suiiste’mol qilish holatlarining oldini olish maqsadida monitoring qilib boriladi.

Avvalroq “Uklon UB” MChJ xorijiy korxonasi O‘zbekistonda ustun mavqega ega raqamli platforma operatori deb topilgandi.

Uklon global miqyosda Ukrainaning “Kyivstar” mobil operatori tarkibiga kiradi. Kyivstar esa o’z navbatida xalqaro VEON holdingiga tegishli. VEON esa O‘zbekistonda Beeline brendi ostida faoliyat yurituvchi Unitel MCHJ ustav kapitalidagi 100% lik ulushga ham egalik qiladi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Markaziy bank oktabr oyida 6 ta bank va 2 ta mikromoliya tashkilotini jarimaga tortdi
/
Markaziy bank oktabr oyida 6 ta bank va 2 ta mikromoliya tashkilotini jarimaga tortdi
JSTga a’zo bo‘lish doirasida telefonlar importiga bojxona boji bekor qilinadi — Bojxona qo‘mitasi
/
JSTga a’zo bo‘lish doirasida telefonlar importiga bojxona boji bekor qilinadi — Bojxona qo‘mitasi
Toshkent aeroportida olib kirilayotgan telefonlarni rasmiylashtirish qayta tiklandi
/
Toshkent aeroportida olib kirilayotgan telefonlarni rasmiylashtirish qayta tiklandi