Toshkent aeroportida olib kirilayotgan telefonlarni rasmiylashtirish qayta tiklandi

Avval vaqtincha olib qo‘yilgan mobil qurilmalar egalariga qaytarila boshlandi

Toshkent aeroportida olib kirilayotgan telefonlarni rasmiylashtirish qayta tiklandi
11-noyabrdan boshlab bojxona organlari xorijdan olib kirilayotgan barcha mobil qurilmalarni rasmiylashtirishni qayta boshladi. Jarayon vaqtincha to‘xtatilgan davrda olib qo‘yilgan telefonlar ham egalariga qaytarilmoqda. Bu haqda Bojxona qo‘mitasida mobil qurilmalar importidagi yashirin iqtisodiyot ulushini qisqartirish masalasiga bag‘ishlangan matbuot anjumanida ma’lum qilindi.

Avvalroq Toshkent xalqaro aeroporti orqali xorijdan olib kirilayotgan mobil qurilmalarni bojxona rasmiylashtiruvi vaqtincha to‘xtatilgandi. Bunga telefonlarning IMEI-identifikatorlarini tekshirish va ularning qonuniy olib kirilganini tasdiqlash tartibiga aniqlik kiritish zarurati sabab bo‘lgan.

Bojxona qo‘mitasi mazkur qaror qurilmalarni soxta IMEI-kodlar bilan noqonuniy olib kirish, shuningdek, bir telefonning identifikatoridan boshqa qurilmani qonuniylashtirish uchun foydalanish holatlari ko‘paygani bilan bog‘liqligini bildirgandi.

Rasmiylashtirish vaqtincha to‘xtatilgan davrda olib qo‘yilgan qurilmalar tegishli dalolatnomalar asosida ro‘yxatga olingan. Idora bojxona tartib-taomillari qayta tiklanganidan so‘ng telefonlar egalariga qaytarilishini ma’lum qilgan edi.

Endilikda mobil qurilmalarni bojxona rasmiylashtiruvi qayta yo‘lga qo‘yildi va avval olib qo‘yilgan telefonlarni egalariga qaytarish jarayoni boshlandi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekistonda $50 mlnlik shaharsozlik loyihalari uchun 1% foyda solig‘i joriy etiladi
/
O‘zbekistonda $50 mlnlik shaharsozlik loyihalari uchun 1% foyda solig‘i joriy etiladi
OTB O‘zbekistonda chorvachilikni rivojlantirish uchun $60 mln kredit ajratadi
/
OTB O‘zbekistonda chorvachilikni rivojlantirish uchun $60 mln kredit ajratadi
YTTBning O‘zbekistondagi loyihalari portfeli $7 mlrddan oshdi
/
YTTBning O‘zbekistondagi loyihalari portfeli $7 mlrddan oshdi