OTB O‘zbekistonda chorvachilikni rivojlantirish uchun $60 mln kredit ajratadi

Loyiha mamlakatning beshta hududidagi qariyb 29 mingta fermer xo‘jaligini qamrab oladi

OTB O‘zbekistonda chorvachilikni rivojlantirish uchun $60 mln kredit ajratadi

Osiyo taraqqiyot banki (OTB) O‘zbekistonda chorvachilikni rivojlantirish uchun $60 mln miqdorida imtiyozli kredit ajratishni ma’qulladi. Loyiha, shuningdek, jami 8 mln dollarlik grant mablag‘larini ham o‘z ichiga oladi. Bu haqda OTB xabar berdi.

“Barqaror chorvachilikni rivojlantirish” dasturi Buxoro, Qashqadaryo, Navoiy va Samarqand viloyatlari, shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi qariyb 29 mingta kichik fermer xo‘jaligini qamrab oladi.

Mablag‘larning asosiy qismi fermerlarning yem-xashak va suv resurslaridan foydalanish imkoniyatlarini yaxshilash, veterinariya xizmatlarini rivojlantirish hamda yaylovlardan foydalanish samaradorligini oshirishga yo‘naltiriladi.

Xususan, loyiha doirasida chorva mollari uchun suv ichish punktlarini tiklash, qurg‘oqchilik va sho‘rlanishga chidamli yem-xashak ekinlari yetishtirishni kengaytirish hamda yaylov resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish ko‘zda tutilgan.

Shuningdek, sohaga raqamli yechimlarni joriy etishga alohida e’tibor qaratiladi. Bunda sun’iy intellekt yordamida yaylovlar holatini monitoring qilish, fermerlarga tavsiyalar berish va erta ogohlantirish tizimiga ega mobil ilovani ishlab chiqish, shuningdek, mahalliy hamjamiyatlar darajasida veterinariya xizmatlarini modernizatsiya qilish rejalashtirilgan.

Loyiha doirasida chorvachilik bilan shug‘ullanadigan ayollarni o‘qitish va ularning ushbu sohadagi tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash ham nazarda tutilgan.

OTB kreditidan tashqari, loyiha moliyalashtirilishiga Yashil iqlim jamg‘armasining $5 mlnlik granti hamda Yaponiya Osiyo va Tinch okeani mintaqasining farovonligi va barqarorligi jamg‘armasining $3 mlnlik granti jalb etiladi.

Shu tariqa, loyihaning umumiy moliyalashtirish hajmi $68 mlnni tashkil etadi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

YTTBning O‘zbekistondagi loyihalari portfeli $7 mlrddan oshdi
/
YTTBning O‘zbekistondagi loyihalari portfeli $7 mlrddan oshdi
Rossiyada migrantlar ishlamaydigan oila a’zolari uchun soliq to‘lashi mumkin
/
Rossiyada migrantlar ishlamaydigan oila a’zolari uchun soliq to‘lashi mumkin
Tailand O‘zbekiston fuqarolari uchun vizasiz rejim joriy etish masalasini keyinroqqa qoldirdi
/
Tailand O‘zbekiston fuqarolari uchun vizasiz rejim joriy etish masalasini keyinroqqa qoldirdi