Tailand O‘zbekiston fuqarolari uchun vizasiz rejim joriy etish masalasini keyinroqqa qoldirdi

30 kunlik vizasiz rejim taklifi bo‘yicha yakuniy qaror 9-noyabrda qabul qilinishi kutilayotgandi

Tailand O‘zbekiston fuqarolari uchun vizasiz rejim joriy etish masalasini keyinroqqa qoldirdi

Avvalroq Tailand turizm qo‘mitasi O‘zbekiston, Meksika, Kolumbiya va Belarus fuqarolari uchun 30 kunlik vizasiz rejim joriy etish taklifini ma’qullagani haqida xabar berilgandi. Masala 9-noyabr kuni ko‘rib chiqilishi kutilgan edi.

Biroq O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Omonulla Fayziyevning Kapital.uz’ga ma’lum qilishicha, masalani ko‘rib chiqish boshqa sanaga ko‘chirilgan. Hozircha yangi sana belgilanmagan.

Shu tariqa, Tailandning o‘zbekistonliklar uchun 30 kunlik vizasiz rejim joriy etish bo‘yicha yakuniy qarori qachon qabul qilinishi hozircha aniq emas.

Ammo avvalroq vizasiz rejim muddati 15 kun etib e’lon qilingandi. Xususan, Tailand Turizm va sport vazirligi O‘zbekiston, Kolumbiya va Meksika fuqarolari uchun 15 kunlik vizasiz rejim joriy etishni taklif qilgan.

Taklif hujjatlarni rasmiylashtirishdagi kechikishlarni kamaytirish va mamlakatga sayyohlar oqimini oshirish maqsadida ilgari surilgan. Tashabbus xalqaro aviakompaniyalar duch kelayotgan logistika muammolari kuchaygani fonida muhokama qilinmoqda.

Xususan, Emirates aviakompaniyasi Tailand turizm idorasiga (TAT) rasmiy shikoyat yo‘llagan. Kompaniya ma’lumotiga ko‘ra, Meksikadan kelayotgan yo‘lovchilar Tailand vizasini o‘z vaqtida ololmagani sababli har bir reysda 20–30 nafargacha yo‘lovchi safarga chiqa olmay qolgan.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekistonga 10 oyda 11,6 mln nafardan ortiq xorijlik sayyoh keldi
/
O‘zbekistonga 10 oyda 11,6 mln nafardan ortiq xorijlik sayyoh keldi
Toshkent aeroportida chetdan olib kirilayotgan telefonlarni rasmiylashtirish vaqtincha to‘xtatildi
/
Toshkent aeroportida chetdan olib kirilayotgan telefonlarni rasmiylashtirish vaqtincha to‘xtatildi
Shaharsozlik to‘g‘risidagi qonun loyihasidan binolarni noqonuniy qurganlik uchun jarimalar chiqarib tashlandi
/
Shaharsozlik to‘g‘risidagi qonun loyihasidan binolarni noqonuniy qurganlik uchun jarimalar chiqarib tashlandi