O‘zbekistonga 10 oyda 11,6 mln nafardan ortiq xorijlik sayyoh keldi
Eng ko‘p sayyohlar Qirg‘iziston, Qozog‘iston va Tojikistondan tashrif buyurgan
Фото: Kapital.uz
O‘zbekistonga 2026-yilning yanvar–oktyabr oylarida turistik maqsadlarda 11 622 103 nafar xorijiy fuqaro tashrif buyurdi. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, mazkur ko‘rsatkich 2025-yilning mos davriga nisbatan qariyb 1,9 mln nafarga yoki 19,4% ga ko‘paygan.
Turistlar oqimida Markaziy Osiyo davlatlari yetakchilik qilmoqda. Xususan, Qirg‘iziston, Qozog‘iston va Tojikistondan jami 8,4 mln nafardan ortiq sayyoh kelgan. Bu umumiy ko‘rsatkichning qariyb 73 foizini tashkil etadi.
O‘zbekistonga eng ko‘p turist tashrif buyurgan 10 ta davlat:
- Qirg‘iziston — 3 180 403 nafar;
- Qozog‘iston — 2 703 401 nafar;
- Tojikiston — 2 553 147 nafar;
- Rossiya — 1 104 057 nafar;
- Afg‘oniston — 432 651 nafar;
- Xitoy — 430 326 nafar;
- Turkmaniston — 289 933 nafar;
- Turkiya — 169 553 nafar;
- Hindiston — 64 344 nafar;
- Germaniya — 50 846 nafar.
Avvalroq 2026-yilning yanvar–sentabr oylarida O‘zbekistonga 10,3 mln nafar xorijiy sayyoh tashrif buyurgandi. Bu o‘tgan yilning shu davridagi ko‘rsatkichdan 20,4% ga ko‘p.
Sentabr oyining o‘zida mamlakatga 1,2 mln nafar sayyoh keldi. Turistik tashriflarning eng yuqori o‘sish sur’ati Xitoy davlatiga to‘g‘ri keldi.
Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ