O‘zbekistonga to‘qqiz oyda 10,3 mln xorijiy sayyoh tashrif buyurdi

Turistik xizmatlar eksporti esa $5,3 mlrdga yetdi

O‘zbekistonga to‘qqiz oyda 10,3 mln xorijiy sayyoh tashrif buyurdi

2026-yilning yanvar-sentabr oylarida O‘zbekistonga 10,3 mln nafar xorijiy sayyoh tashrif buyurdi. Bu o‘tgan yilning shu davridagi ko‘rsatkichdan 20,4% ga ko‘p, deya xabar bermoqda Turizm qo‘mitasi matbuot xizmati.

Sentabr oyining o‘zida mamlakatga 1,2 mln nafar sayyoh keldi. Turistik tashriflarning eng yuqori o‘sish sur’ati Xitoy (2,1 baravar) davlatiga to‘g‘ri keldi:

  • Malayziya — 1,9 baravar;
  • Misr va Ruminiya — 1,8 baravar;
  • Indoneziya — 1,7 baravar;
  • Yaponiya — 1,5 baravar;
  • AQSh — 1,4 baravar;
  • Rossiya — 1,3 baravar.

Shuningdek, Germaniya va Buyuk Britaniyadan keluvchilar soni 25% ga, Fransiyadan 21% ga hamda Turkiyadan 15% ga oshdi.

Ushbu davr mobaynida turistik xizmatlar eksporti $5,3 mlrdga yetdi. Bu 2025-yilning mos davri bilan solishtirganda 51,2% ga ko‘pdir, deyiladi xabarda.

2026-yilning birinchi yarmida O‘zbekistonga 6,5 mlndan ortiq xorijlik sayyoh tashrif buyurgan. Statistika qo‘mitasi ma’lumotiga ko‘ra, bu ko‘rsatkich 2025-yilning mos davriga nisbatan qariyb 25% ga yuqori. Sayyohlarning salkam 5 millioni Qirg‘iziston, Qozog‘iston va Tojikiston hissasiga to‘g‘ri keldi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekistonda to‘qqiz oyda kiberjinoyatlar ortidan fuqarolarga 1 trln so‘mdan ortiq zarar yetkazildi
/
O‘zbekistonda to‘qqiz oyda kiberjinoyatlar ortidan fuqarolarga 1 trln so‘mdan ortiq zarar yetkazildi
Toshkent atrofidagi issiqxonalarga filtr o‘rnatish sharti bilan ko‘mirdan foydalanishga ruxsat beriladi
/
Toshkent atrofidagi issiqxonalarga filtr o‘rnatish sharti bilan ko‘mirdan foydalanishga ruxsat beriladi
“Rayhon” oilaviy taomlari asoschisi Odilxon Ismoilov sud zalida ozod qilindi
/
“Rayhon” oilaviy taomlari asoschisi Odilxon Ismoilov sud zalida ozod qilindi