Olti oyda Toshkentga 3,2 mln nafar xorijiy va 4,1 mln nafar mahalliy sayyoh tashrif buyurdi

Bu davrda turizm xizmatlari eksporti $1,3 mlrdga yetgan

Olti oyda Toshkentga 3,2 mln nafar xorijiy va 4,1 mln nafar mahalliy sayyoh tashrif buyurdi

2026-yilning dastlabki olti oyida Toshkent shahriga 3,2 mln nafar xorijiy va 4,1 mln nafar mahalliy sayyoh tashrif buyurdi. Bu haqda poytaxt hokimligi ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, ushbu davrda turizm xizmatlari eksporti $1,3 mlrdga yetgan.

Sayyohlar oqimining ortishi natijasida shaharda 140 ta yangi joylashtirish vositasi foydalanishga topshirildi. Ular orasida 31 ta mehmonxona, 83 ta xostel, 16 ta oilaviy mehmon uyi hamda 10 ta boshqa turdagi joylashtirish vositasi bor.

Shuningdek, “O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil!” dasturi doirasida 1,1 mln nafar Toshkent shahri aholisi respublika bo‘ylab sayohat va ekskursiyalarda ishtirok etdi.

Yil boshidan buyon poytaxtda 203 ta yangi turistik korxona tashkil etildi. Natijada ularning umumiy soni 2673 taga yetdi.

Ma’lumot uchun, 2026-yilning birinchi yarmida O‘zbekistonga 6,5 mlndan ortiq xorijlik sayyoh tashrif buyurgan. Statistika qo‘mitasi ma’lumotiga ko‘ra, bu ko‘rsatkich 2025-yilning mos davriga nisbatan qariyb 25% ga yuqori. Sayyohlarning salkam 5 mln nafari Qirg‘iziston, Qozog‘iston va Tojikiston hissasiga to‘g‘ri keldi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Saida Mirziyoyeva Ashxobodda Laylo Aliyeva va Oʻgʻuljahon Atabayeva bilan uchrashdi
/
Saida Mirziyoyeva Ashxobodda Laylo Aliyeva va Oʻgʻuljahon Atabayeva bilan uchrashdi
Qashqadaryoda qayta ishlangan meva-sabzavot eksporti $40 mlnga yetkaziladi
/
Qashqadaryoda qayta ishlangan meva-sabzavot eksporti $40 mlnga yetkaziladi
O‘zbekistondagi 4 mingdan ortiq reklama va peshlavhalarda davlat tili talablariga rioya etilmagan
/
O‘zbekistondagi 4 mingdan ortiq reklama va peshlavhalarda davlat tili talablariga rioya etilmagan