Toshkent atrofidagi issiqxonalarga filtr o‘rnatish sharti bilan ko‘mirdan foydalanishga ruxsat beriladi

Ekologik xavfsiz isitish tizimlariga o‘tgan xo‘jaliklarga subsidiya va soliq imtiyozlari berilishi rejalashtirilmoqda

Toshkent atrofidagi issiqxonalarga filtr o‘rnatish sharti bilan ko‘mirdan foydalanishga ruxsat beriladi

Poytaxt hududidagi issiqxona xo‘jaliklariga ekologik toza isitish texnologiyalariga o‘tish va zararli chiqindilarni kamaytirish sharti bilan faoliyatini davom ettirishga ruxsat berilishi mumkin. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi xabar berdi.

Bunga Toshkent shahri, jumladan, Yunusobod tumani aholisi tomonidan issiqxonalarni ko‘mir bilan isitish oqibatida havoning ifloslanishi va yoqimsiz hidlar yuzaga kelayotgani haqidagi shikoyatlar sabab bo‘lgan. Atmosferadagi inversiya hodisasi esa ifloslantiruvchi moddalar tarqalishiga to‘sqinlik qilib, vaziyatni yanada og‘irlashtirmoqda.

Issiqxonalar uchun muqobil isitish manbalari taklif etilmoqda

Issiqxona xo‘jaliklariga tabiiy va suyultirilgan gaz, elektr energiyasi, quyosh va geotermal energiya, shuningdek, elektr stansiyalarining ikkilamchi issiqligidan foydalanish taklif qilinmoqda.

Ushbu energiya manbalaridan foydalanish imkoniyati bo‘lmagan taqdirda, sertifikatlangan qozonlar va filtrlar o‘rnatish, shuningdek, ekologiya xizmatlariga ma’lumot uzatadigan videokuzatuv tizimlarini joriy etish sharti bilan ko‘mirdan foydalanishga ruxsat berilishi mumkin.

Biroq 30-sentabr va 8-oktyabr kunlari filtrlar bilan jihozlangan isitish tizimining tajriba namunasi sinovdan o‘tkazilganda, chiqindilar miqdori xavfsizlik talablariga mos kelmagani aniqlangan. Uskunani takomillashtirish, shundan so‘ng mutaxassislar tomonidan qayta o‘lchovlar o‘tkazish rejalashtirilgan.

Shuningdek, ishchi guruh issiqxona qozonlari uchun mo‘ljallangan filtrlardan chiqadigan emissiyalarga me’yorlar belgilovchi hujjat loyihasini tayyorlagan.

Ekologik isitish tizimlariga o‘tganlarga imtiyozlar beriladi

Ekologik xavfsiz isitish texnologiyalariga o‘tgan issiqxona xo‘jaliklariga subsidiyalar va soliq imtiyozlari berilishi ko‘zda tutilgan.

Ekologik xavfsiz isitish tizimlariga ega bo‘lmagan issiqxonalarning faoliyat yuritishiga qo‘yilgan taqiq esa saqlanib qoladi. Belgilangan talablar bajarilishini tegishli davlat organlari nazorat qiladi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekistonda to‘qqiz oyda kiberjinoyatlar ortidan fuqarolarga 1 trln so‘mdan ortiq zarar yetkazildi
/
O‘zbekistonda to‘qqiz oyda kiberjinoyatlar ortidan fuqarolarga 1 trln so‘mdan ortiq zarar yetkazildi
O‘zbekistonga to‘qqiz oyda 10,3 mln xorijiy sayyoh tashrif buyurdi
/
O‘zbekistonga to‘qqiz oyda 10,3 mln xorijiy sayyoh tashrif buyurdi
“Rayhon” oilaviy taomlari asoschisi Odilxon Ismoilov sud zalida ozod qilindi
/
“Rayhon” oilaviy taomlari asoschisi Odilxon Ismoilov sud zalida ozod qilindi