Toshkent—Samarqand yo‘nalishida alohida yuqori tezlikdagi temiryo‘l liniyasi quriladi

2030-yilgacha 545 kilometr yangi temiryo‘l liniyalarini qurish, elektrlashtirilgan yo‘llar ulushini 65% ga yetkazish rejalashtirilgan

Toshkent—Samarqand yo‘nalishida alohida yuqori tezlikdagi temiryo‘l liniyasi quriladi

Shavkat Mirziyoyev Avtomobil yo‘llari qo‘mitasining ilmiy-amaliyot markazida transport-logistika sohasidagi investor va tadbirkorlar bilan uchrashuv o‘tkazmoqda. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Xitoy—Qirg‘iziston—O‘zbekiston temiryo‘li ishga tushishi bilan yuk tashish hajmi 10 karra oshib, yiliga 15-16 mln tonnaga yetishi kutilmoqda. Davlatimiz rahbari milliy temiryo‘l infratuzilmasini shunga mos ravishda rivojlantirish zarurligini ta’kidladi.

Bugungi kunda temiryo‘llarning 25 foizi to‘liq quvvatda, 15 foizi esa ortiqcha yuklama bilan ishlamoqda.

2030-yilgacha 545 kilometr yangi temiryo‘l liniyalarini qurish, elektrlashtirilgan yo‘llar ulushini 65% ga, elektropoyezdlar parkini 31 taga yetkazish rejalashtirilgan.

Kelgusi yilda Angren—Pop temiryo‘l liniyasi modernizatsiya qilinadi, ushbu yo‘nalishda ikkinchi liniya qurish masalasi ham ko‘rib chiqiladi. Aprel oyidan To‘qimachi – Angren yo‘nalishida ikkinchi temiryo‘l qurilishi boshlanadi.

Shuningdek, Toshg‘uzor—Qumqo‘rg‘on uchastkalarining modernizatsiyasi yakunlanadi, Andijon—Xonobod va Qumqo‘rg‘on—Quduqli yo‘nalishlari to‘liq elektrlashtiriladi, Toshkent—Samarqand yo‘nalishida alohida yuqori tezlikdagi liniya qurishga kirishiladi.

Prezident xalqaro moliya tashkilotlari va investorlarni umumiy qiymati $8 mlrdlik mazkur loyihalarda hamkorlik qilishga chaqirdi.

Yuk vagonlariga bo‘lgan talab yildan yilga oshib bormoqda. Shu bois vagonlar parkini har yili 5-6 mingtaga ko‘paytirish zarur. Buning uchun tadbirkorlarga qator yengilliklar yaratiladi.

Xususan, yuk vagonlarini import qilish qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod etiladi. temiryo‘l liniyasidan foydalanish to‘loviga 20 foizgacha chegirma beriladi. Xalqaro yuk tashish uchun mahalliy vagonlarni taqdim etishda qo‘shilgan qiymat solig‘ining nol stavkasi qo‘llaniladi.

Prezident Jahon banki bilan birgalikda temiryo‘l sohasida yangi tarif siyosati ishlab chiqilganini ma’lum qildi.

Mutasaddilarga 2027-yildan ushbu siyosatni bosqichma-bosqich tatbiq etishni boshlash topshirildi. Kelgusi yildan har bir yo‘nalish bo‘yicha temiryo‘l liniyasidan foydalanish, lokomotiv va vagon uchun to‘lovlar alohida ko‘rsatiladigan tizimni joriy etish vazifasi qo‘yildi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Toshkentdagi yangi xalqaro aeroport yonida $5 mlrdlik Aerocity loyihasi amalga oshiriladi
/
Toshkentdagi yangi xalqaro aeroport yonida $5 mlrdlik Aerocity loyihasi amalga oshiriladi
O‘zbekistonda turizmni rivojlantirish uchun 3,1 trln so‘m yo‘naltiriladi
/
O‘zbekistonda turizmni rivojlantirish uchun 3,1 trln so‘m yo‘naltiriladi
O‘zbekistonda rezident aviakompaniyalar uchun soliq va bojxona imtiyozlari joriy etiladi
/
O‘zbekistonda rezident aviakompaniyalar uchun soliq va bojxona imtiyozlari joriy etiladi