8000 ta mehmon, CREAM SODA va SILA SVETA: Sublimation Festival 2026 qanday o‘tdi

Tashrif buyuruvchilar zamonaviy sound, multimediya san’ati hamda hududning me’moriy merosi uyg‘unlashgan audiovizual muhitga sho‘ng‘idilar

8000 ta mehmon, CREAM SODA va SILA SVETA: Sublimation Festival 2026 qanday o‘tdi

10 va 11-oktabr kunlari O‘zbekiston poytaxtida Click fintex-kompaniysi bilan hamkorlikda tashkillashtirilgan elektron musiqa va zamonaviy san’atning yirik xalqaro festivali — Sublimation Festival 2026 bo‘lib o‘tdi.

Ikki kun davomida Turkiston san’at saroyi 8 000 nafar mehmon uchun jozibadorlik markaziga aylandi.Tashrif buyuruvchilar zamonaviy sound, multimediya san’ati hamda hududning me’moriy merosi uyg‘unlashgan audiovizual muhitga sho‘ng‘idilar.

Musiqiy prodyuser va DJ Sabina Inoyatova (Sabinē) asos solgan va kuratorlik qilgan ushbu loyiha Markaziy Osiyoning asosiy madaniy platformasi va jahon darajasidagi voqelik sifatidagi maqomini yana bir bor tasdiqladi.

Sublimation Festival 2026 raqamlarda:

  • 8 000 ta tashrif buyuruvchi (2 kun davomida);
  • 18+ ta davlatdan kelgan mehmonlar (Buyuk Britaniya, AQSh, BAA, Niderlandiya, Ispaniya, Belgiya,Hindiston, Singapur, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Rossiya va boshqalar);
  • O‘zbekiston, Buyuk Britaniya, Fransiya, Litva va boshqa mamlakatlardan 20+ ta san’atkor va diDJlar;
  • Noyob konsepsiyaga ega 2 ta sahna — NUR Stage va TURON Stage;
  • Sila Sveta studiyasidan Turkiston saroyining modernistik me’morchiligini 1 ta keng ko‘lamli multimediyaviy transformatsiyasi.

Yorqin chiqishlar va layn-ap kulminatsiyasi

Festival bir vaqtning o‘zida ikkita sahnada qizg‘in davom etdi va tomoshabinlarga jahon yulduzlari hamda yetakchi mahalliy ijrochilarning boy dasturini taqdim etdi:

  • Nooriyah (UK): Boiler Room, Glastonbury va Coachella yulduzi bo‘lmish britaniyalik-arab san’atkor NUR Stage sahnasida birinchi kunning bosh xedlayneriga aylandi. Uning raqs elektronikasini SWANA mintaqasi musiqiy merosi bilan birlashtirgan drayvga boy seti minglab tomoshabinlarning samimiy olqishlariga sazovor bo‘ldi.
  • KAS:ST (FR): Fransuz diDji tomoshabinlarga festivalning eng gipnotik va baquvvat setlaridan birini ulashdi. Uning chuqur industrial-texno va melodik passajlar tutashgan kinomotografik soundi butun maydonni yagona impulsda raqsga tushishga majbur etdi va kechki dasturning yorqin kulminatsiyasiga aylandi.
  • Sabinē X Farangiz Ensemble: Festivalning ikkinchi kunidagi eng ta’sirli va chuqur konseptual nuqtalardan biri Sublimation hammuassasi Sabina Inoyatova va Farangiz Ensemble folklor ansamblining birgalikdagi jonli chiqishi bo‘ldi. Zamonaviy elektron musiqa va an’anaviy o‘zbek soundi tutashgan ushbu set mahalliy o‘zlikni yorqin tarzda qayta talqin etib berdi.
  • CREAM SODA: Bosh sahnadagi CREAM SODA guruhining chiqishi ikkinchi kunning haqiqiy energiya portlashi bo‘ldi.

    “Plachu na texno”, “Nikakix bolshe vecherinok” va “Medlenno” xitlari mualliflari sevimli treklarini hamda yangi xitlarini ijro etgan holda keng ko‘lamli layv-shou taqdim etishdi. Ularning musiqasi ostida festivalning ko‘p ming kishilik auditoriyasi bir ovozdan kuyladi.

Festival sahnalarida shuningdek quyidagilar chiqish qilishdi:

basic chanel (UK), Pakas (LT), UFO AGA, DJ Piligrim, Doppi Twins X Ojiza Izdoshlari (Xorazm Ensemble),Saya Musa X Youth Choir, LOUD373 X SHAXLO, Ruhsora Emm, Rishat Band, Isl X OnBr, Josef Tumari X Äwlep, mushTary, Laylo, Maqom X IANIIIRON.

Sila Sveta’dan vizual transformatsiya

Dunyoga mashhur Sila Sveta studiyasining fazoviy yorug‘lik va multimediya bezaklari festival muhitida alohida o‘rin tutdi. Ushbu studiya o‘z portfelida The Weeknd, Billie Eilish, FIFA shoulari va Toshkentdagi Islom madaniyati markazi loyihalariga ega.

Sila Sveta Music jamoasi mualliflik yorug‘lik ssenariylari va 3D-artni ishlab chiqib, Turkiston saroyining kechki modernizm me’morchiligini — uning oppoq fasadlari, o‘ymakor stalaktit uyalari va oq marmarini — yaxlit immersiv audiovizual muhitga aylantirdi.

Ichki nigoh: jamoaning natijalari va hissiyotlari

Rostini aytsam, festival jamoadan ulkan kuch va energiya talab qildi, ammo mehmonlarning baxtiyor ko‘zlari va samimiy hissiyotlari hammasi bekorga bo‘lmaganini anglatdi. Bu yilgi loyiha men uchun eng qiziqarlisi bo‘ldi — ko‘p jihatdan ajoyib SILA SVETA jamoasi bilan hamkorlik tufayli. Biz har yili marrani balandroq ko‘tarishga intilamiz va bu safar nafaqat kerakli miqyosga erishish, balki odamlar Sublimation’ga nima uchun kelishsa, o‘sha betakror muhitni qayta yaratish ham qo‘limizdan geldi. Natijadan chin dildan baxtiyorman, jamoamiz va ushbu voqelikning bir qismiga aylangan har bir kishi bilan faxrlanaman. Biz bilan bo‘lgan barchaga rahmat! — deb bo‘lishdi Sublimation Festival asoschisi Sabina Inoyatova.

Kelajakka nazar: 2027-yil rejalari

Sublimation Festival 2026 muvaffaqiyati mintaqada keng ko‘lamli audiovizual loyihalarga hamda xalqaro va mahalliy madaniyat sinergiyasiga bo‘lgan qiziqish tinimsiz ortib borayotganini yana bir bor isbotladi.

Tashkilotchilar Sublimation 2027 festivali konsepsiyasi ustida ishlashni boshlab yuborishgan. Kelasi yili jamoa san’atkorlar geografiyasini yanada kengaytirishni, yangi multimediya formatlarini taklif qilishni va Toshkentning Markaziy Osiyodagi zamonaviy musiqa hamda media-san’at markazi sifatidagi maqomini mustahkamlashda davom etgan holda sifat darajasini yangi bosqichga ko‘tarishni rejalashtirmoqda.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Yengil sanoat korxonalarida zarur xomashyo uchun imtiyozlar 2030-yilgacha uzaytirildi
/
Yengil sanoat korxonalarida zarur xomashyo uchun imtiyozlar 2030-yilgacha uzaytirildi
O‘zbekistonda havo ifloslanishi kuchayganda avtomobillar harakati cheklanishi mumkin
/
O‘zbekistonda havo ifloslanishi kuchayganda avtomobillar harakati cheklanishi mumkin
Toshkent—Samarqand yo‘nalishida alohida yuqori tezlikdagi temiryo‘l liniyasi quriladi
/
Toshkent—Samarqand yo‘nalishida alohida yuqori tezlikdagi temiryo‘l liniyasi quriladi