Markaziy bank sentabr oyida 8 ta bankka jarima qo‘lladi

Bank nazorati qo‘mitasi oy davomida 8 ta yig‘ilish o‘tkazib, 37 ta masalani ko‘rib chiqdi

Markaziy bank sentabr oyida 8 ta bankka jarima qo‘lladi

Markaziy bankning Bank nazorati qo‘mitasi 2026-yil sentabr oyida o‘tkazilgan sakkizta yig‘ilishda 37 ta masalani ko‘rib chiqib, tegishli qarorlar qabul qildi.

Ko‘rib chiqilgan masalalarning 21 tasi kredit tashkilotlarini ro‘yxatdan o‘tkazish va ularga ruxsat berish jarayonlariga taalluqli bo‘ldi. Jumladan, kredit tashkilotlari ustaviga kiritilgan o‘zgartirishlarni ro‘yxatdan o‘tkazish, mikromoliya tashkilotlarini hisob ro‘yxatidan o‘tkazish, akkreditatsiya va to‘lov tashkilotlariga litsenziya berish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, kredit tashkilotlarining ustav fondidagi ulushlariga egalik qilish uchun ruxsat berish bilan bog‘liq uchta masala ko‘rib chiqildi. Tijorat banklarining kuzatuv kengashi va boshqaruvi a’zolari hamda muhim ahamiyatga ega xodimlar nomzodlariga oid to‘qqizta masala ham kun tartibidan o‘rin olgan.

8 ta bankka jarima qo‘llandi

Qo‘mita kredit va to‘lov tashkilotlarining moliyaviy holatiga oid 16 ta masalani ham ko‘rib chiqdi. Bunda Markaziy bank ko‘rsatmalari va prudensial me’yorlar talablariga rioya etilishi, banklar hamda nobank kredit tashkilotlarida o‘tkazilgan inspeksiya tekshiruvlari natijalari muhokama qilindi.

Bundan tashqari, moliyaviy xizmatlarni “tartibga solish qumdoni” doirasida sinovdan o‘tkazish masalalari ko‘rib chiqildi.

Prudensial normativlar va qonunchilik talablariga rioya etilmagani, shuningdek, inspeksiya tekshiruvlarida aniqlangan qoidabuzarliklar sababli sakkizta bankka nisbatan jarima sanksiyalari qo‘llanildi.

Eslatib o’tamiz, regulyator avgust oyida 22 ta bank va 3 ta mikromoliya tashkilotiga jarima sanksiyalarini qo‘llagan edi. 

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Toshkentda yer hujjatlarini rasmiylashtirish uchun $840 ming talab qilgan shaxs ushlandi
/
Toshkentda yer hujjatlarini rasmiylashtirish uchun $840 ming talab qilgan shaxs ushlandi
O‘zbekistonda dollar kursi oshdi
/
O‘zbekistonda dollar kursi oshdi
Yangi Toshkentda $2,5 mlrdlik 10 ta yangi loyiha qurilishi boshlanadi
/
Yangi Toshkentda $2,5 mlrdlik 10 ta yangi loyiha qurilishi boshlanadi