Markaziy bank 2027-yil uchun tizimli ahamiyatga molik banklar ro‘yxatini tasdiqladi

Ularning aktivlari 2026-yil 1-oktabr holatiga mamlakat bank tizimi jami aktivlarining 60 foizini tashkil etgan

Markaziy bank 2027-yil uchun tizimli ahamiyatga molik banklar ro‘yxatini tasdiqladi

Markaziy bank 2027-yilda tizimli ahamiyatga molik deb hisoblanadigan banklar ro‘yxatini tasdiqladi. Unga yettita bank kiritilgan bo‘lib, o‘tgan yilgi ro‘yxatga nisbatan o‘zgarishlar kuzatilmagan.

Bank nazorati qo‘mitasi moliya tashkilotlarini tizimli ahamiyatga molik deb belgilashda ularning aktivlari va majburiyatlari hajmi, bank tizimining boshqa ishtirokchilari bilan o‘zaro bog‘liqligi, faoliyat qamrovi hamda bank operatsiyalarining murakkabligini hisobga oldi.

2027-yil uchun tasdiqlangan ro‘yxatdan quyidagi banklar joy oldi:

  • “O‘zmilliybank” AJ;
  • “Agrobank” ATB;
  • “O‘zsanoatqurilishbank” ATB;
  • “Asakabank” AJ;
  • “Kapitalbank” ATB;
  • AT “Xalq banki”;
  • “Ipoteka-bank” ATIB.

Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yil 1-oktabr holatida ushbu yettita bankning jami aktivlari mamlakat bank tizimi aktivlarining 60 foiziga teng bo‘lgan.

Tizimli ahamiyatga molik banklar uchun Markaziy bank tomonidan alohida nazorat tartibi o‘rnatiladi. Bundan tashqari, ularga tavakkalchilikni hisobga olgan holdagi aktivlarining 1 foizi miqdorida qo‘shimcha kapital buferini shakllantirish talabi qo‘yiladi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Todd Boeli Lukoylning xorijdagi aktivlarini sotib olish bo‘yicha kelishuvga erishdi
/
Todd Boeli Lukoylning xorijdagi aktivlarini sotib olish bo‘yicha kelishuvga erishdi
O‘zbekistonda ayrim turdagi poyabzal va transformatorlarni majburiy markirovkalash taklif etilmoqda
/
O‘zbekistonda ayrim turdagi poyabzal va transformatorlarni majburiy markirovkalash taklif etilmoqda
O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan 28 ta pochta-bagaj vagoni Rossiyaga yetkaziladi
/
O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan 28 ta pochta-bagaj vagoni Rossiyaga yetkaziladi