O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan 28 ta pochta-bagaj vagoni Rossiyaga yetkaziladi

Hozirgacha 15 ta vagon eksport qilinib, yil oxirigacha yana 13 ta vagon topshirilishi kutilmoqda

O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan 28 ta pochta-bagaj vagoni Rossiyaga yetkaziladi

Toshkent yo‘lovchi vagonlarini qurish va ta’mirlash zavodi yangi turdagi pochta-bagaj vagonlarini xorijga eksport qilishni boshladi. Rossiyalik buyurtmachi bilan hamkorlik doirasida hozirgacha 15 ta vagon yetkazib berilgan. Yil oxirigacha yana 13 ta vagon topshirilishi kutilmoqda. Bu haqda “O‘zbekiston temir yo‘llari” matbuot xizmati xabar berdi.

Kompaniya ma’lumotiga ko‘ra, zavod mahsulotlariga qo‘shni davlatlardan ham qiziqish bildirilmoqda. Korxona bu talabni yangi mijozlarni jalb qilish va eksport geografiyasini kengaytirish imkoniyati sifatida baholamoqda.

2025-yil aprel oyida zavod ustav fondidagi “O‘zbekiston temir yo‘llari”ga tegishli 90,02% ulush Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga o‘tkazilgan. Agentlik esa uni 2025-yil 22-yanvardagi shartnoma asosida Transport Engineering Center kompaniyasiga ishonchli boshqaruvga bergan.

Yuridik shaxslar yagona davlat reyestri ma’lumotlariga ko‘ra, Transport Engineering Center ta’sischilari VTR Holdings Limited xususiy kompaniyasi (96,6 foiz) va “Vektor texnologicheskix resheniy” MChJ (3,4 foiz) hisoblanadi. VTR Holdings Limited Ostonada, “Vektor texnologicheskix resheniy” esa Moskvada ro‘yxatdan o‘tgan.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekistonda 2030-yilgacha ozuqa yetishtirish 90 mln tonnaga yetkaziladi
/
O‘zbekistonda 2030-yilgacha ozuqa yetishtirish 90 mln tonnaga yetkaziladi
O‘zbekistonda 2030-yilgacha kichik biznesning bandlikdagi ulushi 80% ga yetkaziladi
/
O‘zbekistonda 2030-yilgacha kichik biznesning bandlikdagi ulushi 80% ga yetkaziladi
Jahon banki O‘zbekistondagi islohotlar uchun $800 mlnlik paketni ma’qulladi
/
Jahon banki O‘zbekistondagi islohotlar uchun $800 mlnlik paketni ma’qulladi