O‘zbekistonda 2030-yilgacha kichik biznesning bandlikdagi ulushi 80% ga yetkaziladi

Shuningdek, 1 mingta loyiha orqali 320 mingta ish o‘rni yaratish rejalashtirilmoqda

O‘zbekistonda 2030-yilgacha kichik biznesning bandlikdagi ulushi 80% ga yetkaziladi

Shavkat Mirziyoyev tadbirkorlikni rivojlantirish va aholi bandligini taʼminlash sohasidagi islohotlarni chuqurlashtirish yuzasidan taqdimot bilan tanishdi.

Taqdimotda 2017-yildan buyon 11 mln nafar aholi kambag‘allikdan chiqarilgani qayd etildi. Shu bilan birga, aholi daromadlarini oshirish borasida hali ishga solinmagan katta imkoniyatlar mavjudligi ko‘rsatib o‘tildi.

Bugungi kunda mikro, kichik va o‘rta biznes iqtisodiyotda band aholining 75% ni qamrab olgan bo‘lsa-da, yalpi ichki mahsulotning 55 foizi ushbu sektor hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.

Yirikroq biznes toifasiga o‘tayotgan mikrokorxonalar ulushi atigi 4% ni tashkil etib, xalqaro mezonlardan qariyb to‘rt barobar past. Axborot texnologiyalari, logistika, moliya va sug‘urta kabi yuqori daromadli sohalarda kichik biznesning ulushi esa 8% ni tashkil etmoqda.

Aholi daromadlarini oshirish maqsadida hududlarda umumiy qiymati 81 trln so‘mlik mingta loyihani amalga oshirish orqali 320 mingta ish o‘rni yaratish rejalashtirilgan.

Taklif etilayotgan chora-tadbirlar natijasida 2030-yilga qadar mikro, kichik va oʻrta korxonalarning yirikroq biznes toifasiga oʻtish surʼatlarini ikki barobar oshirish, ushbu sektorning aholi bandligidagi ulushini 80% ga, oʻrta sinf ulushini 90% ga yetkazish, norasmiy bandlikni yanada qisqartirish maqsad qilingan.

Prezident mutasaddilarga tadbirkorlikni rivojlantirish va aholi daromadlarini oshirishga qaratilgan tashabbuslarni yanada puxta ishlab chiqish bo‘yicha topshiriqlar berdi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Jahon banki O‘zbekistondagi islohotlar uchun $800 mlnlik paketni ma’qulladi
/
Jahon banki O‘zbekistondagi islohotlar uchun $800 mlnlik paketni ma’qulladi
OTP Bank Ipoteka-bankdagi davlat ulushining qolgan 17,5 foizini sotib oladi
/
OTP Bank Ipoteka-bankdagi davlat ulushining qolgan 17,5 foizini sotib oladi
Ipoteka subsidiyalari uchun arizalar qabulining dastlabki soatlarida qariyb 11 mingta murojaat kelib tushdi
/
Ipoteka subsidiyalari uchun arizalar qabulining dastlabki soatlarida qariyb 11 mingta murojaat kelib tushdi