Ipoteka subsidiyalari uchun arizalar qabulining dastlabki soatlarida qariyb 11 mingta murojaat kelib tushdi

25-noyabr kuni soat 12:30 holatiga ko‘ra, arizalarning yarmidan ko‘pi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali yuborilgan

Ipoteka subsidiyalari uchun arizalar qabulining dastlabki soatlarida qariyb 11 mingta murojaat kelib tushdi

25-noyabr kuni ipoteka subsidiyalari uchun arizalar qabuli qayta tiklanganidan so‘ng elektron va oflayn kanallar orqali jami 10 896 ta murojaat kelib tushdi. Bu haqda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali matbuot xizmati xabar berdi.

Shundan 6 116 ta ariza my.gov.uz portali, yana 4 713 tasi mobil ilova orqali yuborilgan. Davlat xizmatlari markazlari orqali esa 66 ta ariza topshirilgan.

Ipoteka subsidiyalari uchun arizalar qabuli 25-noyabr kuni qayta tiklandi. Arizalarni Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali, myGov mobil ilovasi yoki davlat xizmatlari markazlari orqali topshirish mumkin.

Ipoteka subsidiyasini olish uchun talabgor ijtimoiy mezonlar bo‘yicha kamida 30 ball to‘plashi kerak. Shuningdek, oilaning daromadi, mulkida uy-joy mavjudligi va kredit tarixining banklar talablariga muvofiqligi ham hisobga olinadi.

Avvalroq Kapital.uz ipoteka kreditlari bo‘yicha davlat subsidiyalarini olish uchun arizalar qabuli 25-noyabrdan qayta boshlanishi haqida yozgan edi. Gap avval berilgan xabarnomalar bo‘yicha foydalanilmay qolgan mablag‘lar hisobidan subsidiyalar ajratish haqida bormoqda.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

OTP Bank Ipoteka-bankdagi davlat ulushining qolgan 17,5 foizini sotib oladi
/
OTP Bank Ipoteka-bankdagi davlat ulushining qolgan 17,5 foizini sotib oladi
O‘zbekistonda mikromoliya xizmatlari hajmi 110 trln so‘mga yetdi
/
O‘zbekistonda mikromoliya xizmatlari hajmi 110 trln so‘mga yetdi
Yevroosiyo taraqqiyot banki O‘zbekistonga 2031-yilgacha $3 mlrd investitsiya kiritishi mumkin
/
Yevroosiyo taraqqiyot banki O‘zbekistonga 2031-yilgacha $3 mlrd investitsiya kiritishi mumkin