Kia Sportage va K5 modeli 5 yilga yillik 0% stavkada muddatli to‘lov shartlari asosida mavjud

Dastur beshta hamkor bank: Davr Bank, NBU, Aloqabank, Trastbank va Universal bank bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda

Kia Sportage va K5 modeli 5 yilga yillik 0% stavkada muddatli to‘lov shartlari asosida mavjud

Yangi yil bayrami arafasida Kia Uzbekistan Kia Sportage krossoveri va Kia K5 biznes-sedanini xarid qilish uchun maxsus shartlarni taklif etadi. Avtomobil egasi bo‘lish uchun yillik 0% stavkada muddatli to‘lov shartlari asosida, boshlang‘ich to‘lov 25% dan va 60 oygacha bo‘lgan muddatga amalga oshirilishi mumkin. Dastur beshta hamkor bank: Davr Bank, O‘zmilliybank, Aloqabank, Trastbank va Universal bank bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda. Muddatli to‘lovning maksimal muddati boshlang‘ich to‘lov miqdori va tanlangan hamkor bankiga qarab belgilanadi.

Maxsus taklif Kia Sportage PE’ning Luxe, FIFA Edition, Style va X-Line komplektatsiyalari, shuningdek, Kia K5’ning Style Light 1.5T va Style 2.0T komplektatsiyalari uchun amal qiladi.

Alohida hisob-kitob ma’lumotiga ega bo‘lish uchun xaridorlar Kia Uzbekistan rasmiy dilerlik markazlariga murojaat qilishlari mumkin, u yerda mutaxassislar qiziqtirgan komplektatsiya, boshlang‘ich to‘lov va qulay to‘lov jadvalini tanlab olishda yordam beradilar.

Kia Sportage — ta’sirchan dizayn, keng salon va ilg‘or texnologiyalarni o‘zida mujassam etgan zamonaviy krossover. Model yuqori darajadagi qulayligi, universalligi va kundalik safarlar uchun ham, sayohatlar uchun ham dolzarb bo‘lgan xavfsizlik tizimlarining keng to‘plami bilan ajralib turadi.

Kia K5 — bejirim qiyofa, texnologik interyer va samarali 1.5 T-GDI hamda 2.0 T-GDI turbinali dvigatellarga ega dinamik biznes-sedan. Model qulaylik, xavfsizlik va boshqaruv sohasidagi zamonaviy yechimlarni o‘zida mujassam etgan.

*Avtomobillar soni cheklangan. Hisob-kitoblar dastlabki xarakterga ega. Muddatli to‘lov shartlari boshlang‘ich to‘lov va to‘lov muddatiga qarab farq qilishi mumkin. Batafsil ma’lumotlarni Kia rasmiy dilerlik markazlaridan va www.kia.uz saytidan olishingiz mumkin.

*Xizmat ko‘rsatuvchi hamkor banklar: “Davr Bank” XATB (O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 2001-yil 29-sentabrdagi 71-son litsenziyasi), “NBU” AJ (O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 2021-yil 25-dekabrdagi 22-son litsenziyasi), AT “Aloqabank” (O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 1995-yil 22-martdagi 48-son litsenziyasi), “Trastbank” XAB (O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 2008-yil 27-dekabrdagi 44-son litsenziyasi), “Universal bank” ATB (O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 2021-yil 25-dekabrdagi 68-son litsenziyasi).

*Avtosug‘urtani rasmiylashtirish majburiy shart hisoblanadi. Sug‘urta shartlari hamkor banklar tomonidan belgilanadi.

*Moliyaviy mahsulot doirasidagi majburiyatlarni bajarmaslik moliyaviy xatarlarga olib kelishi mumkin.

Telefon: +998 (55) 55-500-83-33

Veb-sayt: kia.uz

Facebook: KiaUzbekistan

Instagram: kia__uzbekistan

Telegram: kiauzbekistanbot

YouTube: @kiauzbekistan

Reklama huquqlari asosida 

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

HotelPro HUB Central Asia 2026 Markaziy Osiyo mehmonxona bozori ishtirokchilarini Toshkentda birlashtiradi
/
HotelPro HUB Central Asia 2026 Markaziy Osiyo mehmonxona bozori ishtirokchilarini Toshkentda birlashtiradi
TBC Uzbekistan kichik va o‘rta biznes uchun korporativ va biznes kartalarni ishga tushirmoqda
/
TBC Uzbekistan kichik va o‘rta biznes uchun korporativ va biznes kartalarni ishga tushirmoqda
TBC Uzbekistan’ning moliyaviy natijalari: biznes mijozlar o‘sishi ekotizim rivojini kuchaytirmoqda
/
TBC Uzbekistan’ning moliyaviy natijalari: biznes mijozlar o‘sishi ekotizim rivojini kuchaytirmoqda