HotelPro HUB Central Asia 2026 Markaziy Osiyo mehmonxona bozori ishtirokchilarini Toshkentda birlashtiradi

Tadbir doirasida mehmonxona investitsiyalari, xalqaro brendlarni rivojlantirish va kapital jalb qilish masalalari muhokama qilinadi

HotelPro HUB Central Asia 2026 Markaziy Osiyo mehmonxona bozori ishtirokchilarini Toshkentda birlashtiradi

2026-yil 24-noyabr kuni Hyatt Regency Tashkent mehmonxonasida O‘zbekiston Respublikasi Turizm qo‘mitasi ko‘magida mehmonxona bozori ishtirokchilari uchun ikkinchi xalqaro forum — HotelPro HUB Central Asia 2026 bo‘lib o‘tadi.

Toshkentda investorlar va developerlar, mehmonxona egalari va boshqaruvchilari, mehmonxona operatorlari, texnologik kompaniyalar, yechim yetkazib beruvchilar, konsultantlar hamda davlat sektori vakillari uchrashadi.

Forumning diqqat markazida mehmonxona loyihasining iqtisodiy jihatlari — investitsiyalar, development, boshqaruv, texnologiyalar, tijorat samaradorligi, mehmonxona aktivining qiymati va turistik hududlarni rivojlantirish masalalari turadi.

Markaziy Osiyoda mehmonxona infratuzilmasi jadal rivojlanmoqda. Yangi loyihalar va xalqaro brendlar paydo bo‘lmoqda, transport qatnovi imkoniyatlari kengaymoqda, investorlarning qiziqishi ortmoqda. Bozor bilan birga mehmonxona obyektlariga qo‘yiladigan talablar ham o‘zgarmoqda: bugun mehmonxona qurishning o‘zi yetarli emas — uning faoliyati qanday talab hisobiga ta’minlanishini, daromadliligini qanday boshqarishni va bir necha yildan keyin aktiv qiymatini nimalar belgilashini tushunish zarur.

HotelPro HUB Central Asia 2026 forumi aynan shu masalalarni muhokama qilish uchun tashkil etilmoqda.

Birinchi HotelPro HUB forumi 2025-yil 29-oktabrda Toshkentda bo‘lib o‘tdi. Unda ro‘yxatdan o‘tgan 777 nafar ishtirokchi va 100 dan ortiq mehmonxona vakillari qatnashdi. Forum doirasida 675 ta B2B uchrashuv o‘tkazildi, tuzilgan shartnomalarning umumiy qiymati esa 2,5 mlrd so‘mni tashkil etdi.

2026-yilda loyiha HotelPro HUB Central Asia nomi ostida mintaqaviy miqyosga chiqmoqda. Forumda 500 dan ortiq vakil va 40 dan ziyod kompaniya ishtirok etishi kutilmoqda. Bir kun davomida o‘tkaziladigan B2B uchrashuvlar sonini esa taxminan 1 000 taga yetkazish rejalashtirilgan.

Forumning ishbilarmonlik dasturi mehmonxona mulkining butun faoliyat davrini qamrab oladi — davlat va investor o‘rtasidagi hamkorlik, turistik hududlarni rivojlantirish va mehmonxonani boshqarish usulini tanlashdan tortib, texnologiyalar, investitsiya jalb qilish, loyihalashtirish, mehmonxona ko‘chmas mulki va uni sotib, investitsiyadan chiqishgacha bo‘lgan masalalar muhokama qilinadi.

Asosiy mavzular — mehmonxona loyihalariga kiritiladigan investitsiyalarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash, Markaziy Osiyo mamlakatlari o‘rtasida turizmni rivojlantirish, xalqaro brend bilan ishlashning iqtisodiy jihatlari, sun’iy intellekt va avtomatlashtirish, Fors ko‘rfazi mamlakatlari investitsiyasi, mehmonxona turidagi turar joylar, mehmonxona mulkining qiymati va uni sotish imkoniyatlari.

Dastur Markaziy Osiyo mehmonxona bozori 2030-yilga borib qanday ko‘rinish olishi mumkinligi haqidagi suhbat bilan yakunlanadi.

HotelPro HUB forumining muhim qismlaridan biri bevosita ishbilarmonlik aloqalari bo‘lib qoladi. B2B muzokaralari asosiy dastur bilan bir vaqtda, kun davomida o‘tkaziladi. Shuningdek, soha mutaxassislari o‘rtasida yangi aloqalar o‘rnatish, Startup Showcase doirasida yangi ishlanmalarni namoyish etish va mehmonxona biznesi uchun yechimlar taqdimoti hududi ham nazarda tutilgan.

Forumning strategik hamkori — mehmonxonalarni boshqarish va konsalting xizmatlari ko‘rsatish sohasida 30 yildan ortiq tajribaga ega Cronwell Hospitality Group kompaniyasi. Texnologik hamkor esa mehmonxona biznesi uchun yechimlar ishlab chiquvchi Exely kompaniyasidir.

Ishbilarmonlik dasturining asosiy moderatorlari — Cronwell Group boshqaruvi raisi Dmitriy Kolesnikov, Cronwell Hospitality Group boshqaruvchi hamkori, Rossiya Turizm sanoati ittifoqi va Rossiya Mehmonxonalar uyushmasi vitse-prezidenti Aleksey Musakin hamda Kazakh Tourism sobiq raisi Qayrat Sadvakasov.

24-noyabr kuni HotelPro HUB Central Asia 2026 forumida mintaqada mehmonxona loyihalarini qurayotgan, moliyalashtirayotgan, boshqarayotgan va rivojlantirayotgan soha vakillari Toshkentda to‘planadi. Forumdan maqsad bozor ishtirokchilariga yaqin yillarda uning rivojlanishini belgilaydigan loyihalar, mablag‘lar, xavf-xatarlar, yechimlar va hamkorlik masalalarini bevosita muhokama qilish imkoniyatini yaratishdir.

Ro‘yxatdan o‘tish: hotelprohub.uz

OAV uchun aloqa ma’lumotlari

HotelPro Group / HotelPro HUB Central Asia 2026
Toshkent, O‘zbekiston
E-mail: hub@hotelpro.uz
Tel.: +998 97 706 26 51
Sayt: hotelprohub.uz

Hamkorlik materiali

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

TBC Uzbekistan kichik va o‘rta biznes uchun korporativ va biznes kartalarni ishga tushirmoqda
/
TBC Uzbekistan kichik va o‘rta biznes uchun korporativ va biznes kartalarni ishga tushirmoqda
TBC Uzbekistan’ning moliyaviy natijalari: biznes mijozlar o‘sishi ekotizim rivojini kuchaytirmoqda
/
TBC Uzbekistan’ning moliyaviy natijalari: biznes mijozlar o‘sishi ekotizim rivojini kuchaytirmoqda
O‘z jamoangizni shakllantirmasdan 24/7 kiberxavfsizlik: biznes uchun qanday imkoniyatlar mavjud
/
O‘z jamoangizni shakllantirmasdan 24/7 kiberxavfsizlik: biznes uchun qanday imkoniyatlar mavjud