O‘zbekistonda korxona va tashkilotlar soni bir yilda 19% ga oshdi

Faol korxonalar soni 660,4 mingtaga yetdi, ularning 18,8 foizi Toshkent shahri hissasiga to‘g‘ri keladi

O‘zbekistonda korxona va tashkilotlar soni bir yilda 19% ga oshdi

O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan korxona va tashkilotlar soni 660 392 tani tashkil etdi. Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 105 476 taga (19% ga) ko‘p.

So‘nggi besh yillik dinamikaga qaralsa, respublikadagi faol korxona va tashkilotlar sonida sezilarli tebranish va o‘sish kuzatilgan.

Davr

Faol tashkilotlar soni

2022-yil (1-noyabr holatiga)

596 026 ta

2023-yil

503 541 ta

2024-yil

561 382 ta

2025-yil

554 916 ta

2026-yil

660 392 ta

Bir yil ichida korxonalar soni 554,9 mingtadan 660,4 mingtaga yetgan. Birgina oktabr oyining o‘zida kuzatilgan 39 337 talik o‘sish esa asosan 34 910 ta korxonaning o‘z faoliyatini qayta tiklagani hisobiga shakllangan.

Shuningdek, 2026-yilning yanvar–oktyabr oylarida respublika bo‘yicha 75 699 ta yangi korxona tashkil etilgan.

Jami faoliyat yuritayotgan korxonalarning 489,1 mingtasi yoki 74,1 foizi kichik korxonalar va mikrofirmalar hissasiga to‘g‘ri keladi.

Eng ko‘p korxona poytaxtda

Respublika bo‘yicha faoliyat yuritayotgan korxona va tashkilotlarning deyarli beshdan bir qismi (18,8%) Toshkent shahri hissasiga to‘g‘ri keladi. Shuningdek, ikkinchi o‘rinni Toshkent viloyati (9,6%), uchinchi o‘rinni esa Samarqand viloyati (9,3%) band qilgan.

Hududlar kesimidagi to‘liq reyting quyidagicha:

Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha korxonalarning asosiy qismi uchta tarmoq — savdo, qishloq xo‘jaligi va sanoatda jamlangan bo‘lib, ular umumiy ko‘rsatkichning 60,7 foizini tashkil etadi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekistonda ish haqini istalgan bank kartasiga olish imkoniyati yaratildi
/
O‘zbekistonda ish haqini istalgan bank kartasiga olish imkoniyati yaratildi
O‘zbekiston va O‘mon $5 mlrdlik loyihalar portfelini shakllantirdi
/
O‘zbekiston va O‘mon $5 mlrdlik loyihalar portfelini shakllantirdi
Jahon banki Samarqand viloyatida tibbiyotni rivojlantirish uchun $100 mln ajratadi
/
Jahon banki Samarqand viloyatida tibbiyotni rivojlantirish uchun $100 mln ajratadi