O‘zbekistonda banklar o‘rtasida naqd pul taqsimoti elektron tizim orqali amalga oshiriladi

Yangi tartibga ko‘ra, naqd pulga ehtiyoji bor moliya tashkilotlari talabnoma yuboradi

O‘zbekistonda banklar o‘rtasida naqd pul taqsimoti elektron tizim orqali amalga oshiriladi

Adliya vazirligi O‘zbekistonda banklar tomonidan naqd pul muomalasiga doir ishlarni tashkil etish tartibini belgilovchi yo‘riqnomani davlat ro‘yxatidan o‘tkazdi.

Yo‘riqnomada banklarni naqd pul bilan ta’minlash, aholi va tadbirkorlarga naqd pul berish, banknot va tangalarni muomalaga chiqarish hamda banklar o‘rtasida naqd pul taqsimlash tartibi belgilangan.

Yangi tartibga ko‘ra, banklar o‘rtasidagi naqd pul taqsimoti “Naqd pullarning elektron maydoni” dasturiy majmuasi orqali tashkil etiladi. Ortiqcha naqd pulga ega banklar mablag‘larni boshqa banklarga taklif qiladi, naqd pulga ehtiyoji bo‘lgan moliya tashkilotlari esa elektron talabnoma yuboradi. Pul mablag‘lari banklar o‘rtasida inkassatsiya xizmati orqali yetkaziladi.

Shuningdek, banklar naqd pulga bo‘lgan ehtiyojni oldindan rejalashtirishi kerak. Buning uchun ular har oyda naqd pul kirimi va chiqimi bo‘yicha prognoz tayyorlab, uni oy boshlanishidan kamida uch bank ish kuni oldin elektron shaklda taqdim etadi.

Yo‘riqnomada muomalaga chiqariladigan banknot va tangalarga qo‘yiladigan talablar ham belgilangan. Unga ko‘ra, pul belgilarida quyidagi ma’lumot va elementlar bo‘lishi shart:

  • raqamlar bilan ifodalangan nominal qiymat;
  • pul belgilarini bir-biridan oson farqlash imkonini beruvchi o‘lcham va ranglar;
  • Markaziy bank nomi;
  • pul belgisi dizayni va namunasi tasdiqlangan yil;
  • O‘zbekiston davlat gerbi yoki davlat bayrog‘i tasviri;
  • qalbakilashtirishdan himoyalovchi elementlar.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Toshkentda Yangi Bank bosh ofisi binosi 111,3 mlrd so‘mga sotildi
/
Toshkentda Yangi Bank bosh ofisi binosi 111,3 mlrd so‘mga sotildi
O‘zbekiston va O‘mon fuqarolari 30 kungacha vizasiz safar qilishi mumkin bo‘ladi
/
O‘zbekiston va O‘mon fuqarolari 30 kungacha vizasiz safar qilishi mumkin bo‘ladi
O‘zbekistonda oltin quymalari narxi yanvar oyidan beri eng past darajaga tushdi
/
O‘zbekistonda oltin quymalari narxi yanvar oyidan beri eng past darajaga tushdi