O‘zbekistonda AI-92 benzini birjada bir kunda 7,1% ga qimmatlashdi

17-noyabr kuni oddiy AI-92 markali benzinning bir tonnasi 13,54 mln so‘mdan sotildi

O‘zbekistonda AI-92 benzini birjada bir kunda 7,1% ga qimmatlashdi

O‘zbekiston respublika tovar-xomashyo birjasida AI-92 markali avtomobil benzini narxi yana ko‘tarildi. 17-noyabr kuni uning bir tonnasi 13,54 mln so‘mni tashkil etib, bir kun ichida 7,1% ga qimmatlashdi.

Shu kuni AI-92 K2 va K2-L markali benzinlar mos ravishda 14,73 mln so‘m va 14,64 mln so‘mdan sotildi.

Birjadagi taklif tarkibida nisbatan qimmat K2-L markali benzin ustunlik qildi. Uning savdoga chiqarilgan hajmi 4 274 tonnani tashkil etgan bo‘lsa, oddiy AI-92 benzini taklifi 152,7 tonnaga teng bo‘ldi.

So‘nggi ikki hafta davomida oddiy AI-92 benzini narxi sezilarli o‘zgarib turdi. Xususan, uning bir tonnasi 12,35 mln so‘mgacha arzonlashgan, keyingi kunlarda esa 15,5 mln so‘mgacha ko‘tarilgan.

K2 va K2-L markali benzinlar narxida esa nisbatan barqaror dinamika kuzatildi. Birjadagi savdoning asosiy qismini tashkil etayotgan K2-L benzini 6-noyabr kuni bir tonnasi 13,68 mln so‘mgacha arzonlashgan. Shundan keyin uning narxi izchil o‘sib borgan.

Yil boshidan buyon benzinning ulgurji narxlarida ham sezilarli o‘zgarishlar kuzatildi. Iyun oyi oxirida bir tonna yoqilg‘i qiymati ilk bor 14 mln so‘mga yaqinlashdi. Iyul o‘rtalarida narxlar 13,1–13,2 mln so‘mgacha pasaydi. Avgust oyining o‘rtalaridan boshlab birja kotirovkalari 13,3 mln so‘m atrofida shakllandi.

Sentabr o‘rtalaridan oddiy AI-92 benzini narxida keskin tebranishlar boshlandi. Ayrim kunlarda bir tonna yoqilg‘i qiymati 15 mln so‘mdan oshgan bo‘lsa, keyinchalik yana pasaydi. Oktabr oyining katta qismida esa narxlar 14 mln so‘mdan yuqori darajada saqlanib qoldi.

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yil oktabr oyida benzin narxi o‘rtacha bir foizga oshgan. Yillik hisobda esa yoqilg‘i 19,5% ga qimmatlashgan.

Xususan, oktabr oyida AI-92 markali benzin bir litrining narxi 0,5% ga, AI-95 benzini 2,6% ga, AI-98 va AI-100 markali benzinlar esa 5,3% ga oshgan.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekiston va Turkmaniston chegaraoldi hududlarda vizasiz rejimni tiklash masalasini muhokama qildi
/
O‘zbekiston va Turkmaniston chegaraoldi hududlarda vizasiz rejimni tiklash masalasini muhokama qildi
O‘zbekistonda banklar o‘rtasida naqd pul taqsimoti elektron tizim orqali amalga oshiriladi
/
O‘zbekistonda banklar o‘rtasida naqd pul taqsimoti elektron tizim orqali amalga oshiriladi
Urganch — Xiva pulli yo‘lidan kuniga 1,7 mingga yaqin avtomobil foydalanmoqda
/
Urganch — Xiva pulli yo‘lidan kuniga 1,7 mingga yaqin avtomobil foydalanmoqda