Uklon O‘zbekistonda ustun mavqega ega raqamli platforma operatori deb topildi

Raqobat qo‘mitasi taksi buyurtmalarini joylashtirish va xizmatlar ko‘rsatishda vositachilik qiluvchi platforma faoliyatini monitoring qilib boradi

Uklon O‘zbekistonda ustun mavqega ega raqamli platforma operatori deb topildi

Raqobat qo‘mitasining tegishli buyrug‘i bilan “Uklon UB” MChJ xorijiy korxonasi yo‘lovchilarni taksi orqali tashish uchun buyurtmalarni joylashtirish va taksi xizmatlarini ko‘rsatishga imkon beruvchi agregator xizmatlari bozorida ustun mavqega ega raqamli platforma operatori deb e’tirof etildi.

Qo‘mita ma’lum qilishicha, kompaniya faoliyatida raqobat to‘g‘risidagi qonunchilik talablariga rioya etilishini ta’minlash va ustun mavqeni suiiste’mol qilish holatlarining oldini olish maqsadida monopoliyaga qarshi komplayens tizimi majburiy tartibda joriy etiladi.

Shuningdek, operator faoliyati belgilangan tartibda monitoring qilib boriladi.

Ukrainaning mashhur “Uklon» taksi xizmati – O’zbekiston bozorida 2023-yildan buyon ishlab kelmoqda. Org.info ma’lumotlariga ko’ra, korxona rahbari sifatida Ostapyuk Maksim ko’rsatilgan (O’zbekistondagi operatsion jamoaga Eduard Kovtun boshchilik qiladi).

Uklon global miqyosda Ukrainaning “Kyivstar” mobil operatori tarkibiga kiradi (ulushning 97 foizi). Kyivstar esa o’z navbatida xalqaro VEON holdingiga tegishli. VEON esa O‘zbekistonda Beeline brendi ostida faoliyat yurituvchi Unitel MCHJ ustav kapitalidagi 100% lik ulushga ham egalik qiladi.

Eslatib o’tamiz, avvalroq VEON’ning Perfectum’ni sotib olishini ma’qullagandi. Ammo kompaniyaga bir nechta majburiy shartlar ham qo’yilgan.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekiston kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha dunyoning top-5 mamlakati qatoriga kirdi — vazirlik
/
O‘zbekiston kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha dunyoning top-5 mamlakati qatoriga kirdi — vazirlik
Markaziy bank: O‘zbekistonda 10 ga yaqin bank islomiy moliya xizmatlarini yo‘lga qo‘yishni ko‘rib chiqmoqda
/
Markaziy bank: O‘zbekistonda 10 ga yaqin bank islomiy moliya xizmatlarini yo‘lga qo‘yishni ko‘rib chiqmoqda
Jahon banki O‘zbekistonga elektr tarmoqlarini modernizatsiya qilish uchun $100 mln ajratadi
/
Jahon banki O‘zbekistonga elektr tarmoqlarini modernizatsiya qilish uchun $100 mln ajratadi