O‘zbekiston kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha dunyoning top-5 mamlakati qatoriga kirdi — vazirlik

Xususan, 2026-yilning to‘qqiz oyida kambag‘allik darajasi 5,8% dan 3,6% ga tushdi

O‘zbekiston kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha dunyoning top-5 mamlakati qatoriga kirdi — vazirlik

Oʻzbekiston kambagʻallikni qisqartirish boʻyicha dunyoning eng ilgʻor davlatlaridan biriga aylangan. Bu haqda 28-oktyabr kuni Toshkent shahrida oʻtayotgan matbuot anjumanida Bandlik vaziri birinchi oʻrinbosari Marat Joʻrayev maʼlum qildi.

Tadbirda vazir oʻrinbosari yaqinda Jahon banki mutaxassislari aytgan maʼlumotlarni takrorlagan.

Jahon banki hisobotida Oʻzbekiston kambagʻallikni qisqartirish boʻyicha dunyo miqyosida chempion davlatligi, yaʼni top beshta mamlakat ichiga kirishini taʼkidladi. Shu bilan birga, Markaziy Osiyo hududi doirasida kambagʻallikni qisqartirishning 60% ulushi Oʻzbekiston hissasiga toʻgʻri kelishi aytildi, dedi vazirlik rasmiysi.

Marat Joʻrayevning aytishicha, 2026-yil yanvar-sentyabr oylarda respublikada kambagʻallik darajasi 2,2% ga qisqargan.

Yil boshida kambagʻal aholi soni 5,8% yoki 2,2 million nafarni tashkil qilgan boʻlsa, oktyabrga kelib 3,6% (1,4 million nafar) qoldi. Kambagʻal oilalar esa toʻqqiz oyda 533 mingtadan 349 minggacha kamaydi, dedi vazir oʻrinbosari.

Vazirlik tahliliga koʻra, toʻqqiz oy davomida 824 ming fuqaro doimiy ishga joylashtirilgan. Qariyb 4,14 million odamning daromadini oshirishga koʻmaklashilgan. Oʻz navbatida 980 ming kishining norasmiy bandligi rasmiylashtirilgan.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Uklon O‘zbekistonda ustun mavqega ega raqamli platforma operatori deb topildi
/
Uklon O‘zbekistonda ustun mavqega ega raqamli platforma operatori deb topildi
Markaziy bank: O‘zbekistonda 10 ga yaqin bank islomiy moliya xizmatlarini yo‘lga qo‘yishni ko‘rib chiqmoqda
/
Markaziy bank: O‘zbekistonda 10 ga yaqin bank islomiy moliya xizmatlarini yo‘lga qo‘yishni ko‘rib chiqmoqda
Jahon banki O‘zbekistonga elektr tarmoqlarini modernizatsiya qilish uchun $100 mln ajratadi
/
Jahon banki O‘zbekistonga elektr tarmoqlarini modernizatsiya qilish uchun $100 mln ajratadi