Shahrisabz ko‘chasida ikkinchi BRT yo‘lagi qurilishi boshlanadi

24-iyuldan 9-avgustgacha yo‘lning markaziy qismida ta’mirlash ishlari olib boriladi

Shahrisabz ko‘chasida ikkinchi BRT yo‘lagi qurilishi boshlanadi

Toshkentning Mirobod tumanidagi Shahrisabz ko‘chasida avtobuslar uchun mo‘ljallangan BRT yo‘lagini tashkil etish ishlari boshlanadi. Shu munosabat bilan ko‘chaning bir qismida qurilish-ta’mirlash ishlari olib boriladi.

Yo‘l harakatini tashkil etish markazining ma’lum qilishicha, ishlar Shota Rustaveli ko‘chasida tashkil etilgan va poytaxt aholisi tomonidan ijobiy baholangan BRT yo‘lagini Shahrisabz ko‘chasi bo‘ylab davom ettirish doirasida amalga oshiriladi.

Qayd etilishicha, 24-iyul soat 01:00 dan 9-avgust soat 23:00 gacha Shahrisabz ko‘chasining Shahrisabz—Mirobod—Shota Rustaveli aylanma chorrahasidan Amir Temur shoh ko‘chasi bilan kesishmasigacha bo‘lgan qismida yo‘lni BRT talablari asosida moslashtirish ishlari olib boriladi.

Bunda mazkur yo‘l qismi transport vositalari harakati uchun to‘liq yopilmaydi. Qurilish-ta’mirlash ishlari yo‘lning markaziy qismidagi to‘rtta harakatlanish tasmasida amalga oshiriladi.

Ta’mirlash davrida har ikki yo‘nalishda transport vositalari harakati yo‘lning o‘ng chekkasidagi ikkita harakatlanish tasmasi orqali davom ettiriladi. YTHM haydovchilardan ushbu hududda ehtiyotkorlik bilan harakatlanishni so‘rab, yuzaga keladigan vaqtinchalik noqulayliklar uchun uzr so‘radi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Ipoteka subsidiyalari uchun arizalar qabuli 27-iyuldan boshlanadi
/
Ipoteka subsidiyalari uchun arizalar qabuli 27-iyuldan boshlanadi
Transport vaziri Toshkent–Samarqand pullik yo‘li ikki bosqichda qurilishini ma’lum qildi
/
Transport vaziri Toshkent–Samarqand pullik yo‘li ikki bosqichda qurilishini ma’lum qildi
Qonunchilik palatasi yer ijarasi muddatini 49 yilgacha uzaytirish haqidagi qonunni ma’qulladi
/
Qonunchilik palatasi yer ijarasi muddatini 49 yilgacha uzaytirish haqidagi qonunni ma’qulladi