Raqobat qo‘mitasi Qurbon hayiti arafasida narxlarni asossiz oshirmaslik bo‘yicha ogohlantirdi

Idora tadbirkorlik hamjamiyatiga logistika xarajatlari va boshqa sarflar oshgani haqida xabar berib turishni topshirdi

Raqobat qo‘mitasi Qurbon hayiti arafasida narxlarni asossiz oshirmaslik bo‘yicha ogohlantirdi

Raqobat qo‘mitasi yirik savdo tarmoqlari va respublika hududlardagi savdo komplekslarini Qurbon hayitida narxlari barqarorligini ta’minlash muhimligi to‘g‘risida ogohlantirdi.

Qo‘mita matbuot xizmatining xabar qilishicha, yirik savdo tarmoqlari va respublika hududlardagi savdo komplekslarini Qurbon hayiti arafasida keskin talab oshadigan ijtimoiy muhim oziq-ovqat mahsulotlari narxlari barqarorligini ta’minlash bo‘yicha chakana savdo tarmoqlari va hududlardagi savdo komplekslariga yetkazib beruvchi korxonalar tomonidan narxlarni o‘zgartirishi, logistika xarajatlari va boshqa narxning oshishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan omillar to‘g‘risida qo‘mitani tezkor xabardor qilib borish, hamda yetkazib beruvchilarni asossiz narxlarni oshirishga yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan ogohlantirib borishlari bo‘yicha ko‘rsatmalar yuborildi.

Raqobat qo‘mitasi aholi muhim bo‘lgan ijtimoiy muhim oziq-ovqat mahsulotlari narxlari barqarorligini ta’minlash borasida o‘z vakolatlari doirasida zaruriy barcha choralarni ko‘rib borishini bildirdi.

O‘zbekistonda Qurbon hayiti 27-mayga to‘g‘ri keladi. Qurbon hayitini nishonlash munosabati bilan ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash, 10 mingdan ortiq bolada murakkab operatsiyalar o‘tkazish hamda 2 mingga yaqin og‘ir kasallikka chalingan fuqarolarni davolash uchun qo‘shimcha mablag‘ ajratilishi belgilangan. Hayit arafasida ehtiyojmand oilalar, bemor bolalar va masjidlar uchun 690 mlrd so‘m yo‘naltiriladi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Toshkent shahar markazidan yangi aeroport o’tuvchi pulli magistral quriladi
/
Toshkent shahar markazidan yangi aeroport o’tuvchi pulli magistral quriladi
Ayrim tadbirkorlarga garovsiz mikrokredit limiti 200 mln so‘mgacha oshirilishi taklif qilindi
/
Ayrim tadbirkorlarga garovsiz mikrokredit limiti 200 mln so‘mgacha oshirilishi taklif qilindi
O‘zbekistonda aholiga sezilgan inflyatsiya 11,1% darajasida qayd etildi
/
O‘zbekistonda aholiga sezilgan inflyatsiya 11,1% darajasida qayd etildi