O‘zbekiston va Qozog‘iston chegarasidagi “G‘ishtko‘prik” chegara posti 25-noyabr kuni ochiladi
Qariyb ikki yil davomida rekonstruksiya sabab yopiq bo‘lgan post orqali fuqarolar harakati soat 16:00 da boshlanadi
Фото: пресс-служба Таможенного комитета
O‘zbekiston va Qozog‘iston chegarasida joylashgan “G‘ishtko‘prik” chegara-bojxona posti (“Chernyayevka”) 2026-yil 25-noyabr kuni qayta ish boshlaydi. Fuqarolarni o‘tkazish soat 16:00 da boshlanadi. Bu haqda Bojxona qo‘mitasi matbuot kotibi Husan Tangriyev ma’lum qildi.
Fuqarolarni o‘tkazish boshlanishidan oldin postda ochilish marosimi va obyektni foydalanishga topshirish tadbirlari o‘tkaziladi. Ularda O‘zbekiston va Qozog‘istonning rasmiy delegatsiyalari ishtirok etadi. Qozog‘iston tomonidan “G‘ishtko‘prik” chegara o‘tish punktiga “Jibek Joli” punkti mos keladi.
Post infratuzilmani rekonstruksiya qilish va modernizatsiyalash maqsadida 2025-yil 5-fevral kuni yopilgan edi. Dastlab ishlarni to‘rt oyda yakunlash rejalashtirilgan bo‘lsa-da, muddat bir necha bor uzaytirildi. Natijada rekonstruksiya qariyb ikki yil davom etdi.
Modernizatsiyadan so‘ng O‘zbekiston tomonidan yangilangan postning o‘tkazish quvvati sutkasiga 50 mingdan ortiq kishi va 1,5 mingta yengil avtomobilni tashkil etadi. Post hududida avtomobillar uchun 16 ta harakat yo‘lagi, shuningdek, “yashil” va “qizil” yo‘laklar tizimi tashkil etilgan.
Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ