Jamshid Qo‘chqorov: 2027-yilda Uzbekistan Airways va “O‘ztelekom” IPO’ga chiqariladi

Hukumat transport, telekommunikatsiya va boshqa strategik davlat kompaniyalarini bosqichma-bosqich xalqaro kapital bozoriga olib chiqadi

Jamshid Qo‘chqorov: 2027-yilda Uzbekistan Airways va “O‘ztelekom” IPO’ga chiqariladi

O‘zbekiston 2027-yilda “Uzbekistan Airways” va “O‘zbektelekom” aksiyalarini xalqaro kapital bozoriga chiqarishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Bosh vazir o‘rinbosari, iqtisodiyot va moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorov 29-iyun kuni o‘tkazilgan forumda ma’lum qildi, deb xabar bermoqda Kapital.uz jurnalisti.

Sessiyaning yakuniy qismida Jamshid Qo‘chqorov muhokamalar davomida muhim masalalardan biri — ushbu yo‘nalishlarda faoliyat yuritayotgan davlat korxonalarini isloh qilish mavzusi e’tibordan chetda qolganini ta’kidladi.

Biz o‘zaro bog‘liqlik va xususiy sektor investitsiyalari haqida gapirdik, biroq ushbu sohada ishlayotgan davlat korxonalarining transformatsiyasini tilga olishni unutdik, — dedi u.

Vazirning ta’kidlashicha, transport, telekommunikatsiya va aviatsiya infratuzilmasini rivojlantirish ushbu tarmoqlarda faoliyat yuritayotgan davlat kompaniyalarini chuqur isloh qilmasdan turib amalga oshmaydi.

Uning qayd etishicha, temiryo‘l tizimini rivojlantirish uchun temiryo‘l kompaniyalarini, raqamli infratuzilmani mustahkamlash uchun telekommunikatsiya operatorlarini, aviatsiya sohasini rivojlantirish uchun esa aviakompaniyalarni transformatsiya qilish zarur.

Masalan, keyingi yilda Uzbekistan Airways kompaniyasining IPO’sini o‘tkazishni rejalashtiryapmiz. Shuningdek, keyingi yilda “O‘ztelekom”ning ham IPO’si bo‘ladi. 2028-yilda, balki 2029-yilda o‘zaro bog‘liqlikka aloqador bo‘lgan barcha kompaniyalar IPO’ga chiqariladi, — dedi Jamshid Qo‘chqorov.

Uning so‘zlariga ko‘ra, hukumat o‘zaro bog‘liqlikni ta’minlovchi va tartibga solinadigan tarmoqlarda faoliyat yuritayotgan davlat kompaniyalarini bosqichma-bosqich transformatsiya qilish hamda ularni xalqaro kapital bozoriga olib chiqishni maqsad qilgan. Bu jarayon strategik korxonalarning samaradorligini oshirish, korporativ boshqaruvni takomillashtirish va xususiy investitsiyalarni kengroq jalb etishga xizmat qilishi kutilmoqda.

Eslatib o’tamiz, iyun oyi o’rtalarida prezident bilan bo’lib o’tgan uchrashuvda 2026-yil yakuniga qadar Uzbekistan Airways va “O‘ztelekom”ning kompaniyalari qatorida yana 3 ta davlat korxonasi IPOga chiqarilishi ma’lum qilingandi. Xususan, aviakompaniyaning 15−20% aksiyalari sotilib, bozor qiymati $2,3 mlrdgacha oshirilishi mumkinligi qayd etilgan.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Kripto-provayderlar ulushini sotish va rahbariyatni almashtirish faqat ILMA roziligi bilan amalga oshiriladi
/
Kripto-provayderlar ulushini sotish va rahbariyatni almashtirish faqat ILMA roziligi bilan amalga oshiriladi
Profilaktika inspektorlariga begona vazifalarni yuklash taqiqlanadi — Shavkat Mirziyoyev
/
Profilaktika inspektorlariga begona vazifalarni yuklash taqiqlanadi — Shavkat Mirziyoyev
O‘zbekistonda barcha asosiy xorijiy valutalar qimmatlashdi
/
O‘zbekistonda barcha asosiy xorijiy valutalar qimmatlashdi