O‘zbekiston va Tojikiston yuk tashish jarayonlarini tezlashtirishga kelishib oldi

Tomonlar eksport yuklarini tushirish muddatlarini qisqartirish va tashishdagi to‘siqlarni bartaraf etish choralarini ko‘radi

O‘zbekiston va Tojikiston yuk tashish jarayonlarini tezlashtirishga kelishib oldi

O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasida yuk tashish jarayonlarini jadallashtirish hamda eksport va tranzit tartiblarini soddalashtirish bo‘yicha kelishuvga erishildi. Bu haqda Transport vazirligi xabar berdi.

11-noyabr kuni transport vaziri Ilhom Mahkamov Tojikiston iqtisodiy rivojlanish va savdo vaziri o‘rinbosari Ruxshona Nasriddinzoda boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashdi.

Muzokaralarda transport-logistika sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish, mamlakatlar o‘rtasidagi yuk tashish hajmini oshirish, eksport va tranzit tartiblarini soddalashtirish masalalari muhokama qilindi.

Xususan, O‘zbekistondan Tojikistonga avtomobil transportida qurilish materiallarini yetkazib berishda undiriladigan yig‘imlarni maqbullashtirishga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, temir yo‘l orqali yetkaziladigan eksport yuklarini Tojikiston hududida tushirish jarayonlarini tezlashtirish, chegara o‘tkazish punktlarining o‘tkazuvchanligini oshirish va yuk tashish uchun qulay sharoitlar yaratish masalalari ko‘rib chiqildi.

Uchrashuv yakunida tomonlar O‘zbekistondan Tojikistonga eksport hajmini oshirishga qaratilgan choralarni qisqa muddatlarda amalga oshirishga kelishib oldi. Shuningdek, yuk tashish bilan bog‘liq jarayonlarni tezlashtirish va ushbu sohadagi mavjud to‘siqlarni bartaraf etish rejalashtirilgan.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Irakli Elashvili Asakabank boshqaruv raisi lavozimiga tasdiqlandi
/
Irakli Elashvili Asakabank boshqaruv raisi lavozimiga tasdiqlandi
Saida Mirziyoyeva Emmanuel Makron bilan uchrashdi
/
Saida Mirziyoyeva Emmanuel Makron bilan uchrashdi
Yangi Toshkent shahri hokimligi tashkil etiladi
/
Yangi Toshkent shahri hokimligi tashkil etiladi