Irakli Elashvili Asakabank boshqaruv raisi lavozimiga tasdiqlandi

U 2024-yil dekabridan 2026-yil sentyabrigacha Ipoteka bank boshqaruv raisi o‘rinbosari lavozimida ishlagan

Irakli Elashvili Asakabank boshqaruv raisi lavozimiga tasdiqlandi

11-noyabr kuni Asakabank boshqaruv raisi lavozimiga Irakli Elashvili tasdiqlandi. Bu haqda bank matbuot xizmati xabar berdi.

Bank ma’lumotlariga ko‘ra, Elashvili moliya sohasida 20 yildan ortiq tajribaga ega. U 1980-yilda tug‘ilgan bo‘lib, 2002-yilda Tbilisi davlat universitetining bakalavr bosqichini tamomlagan. Keyinchalik London biznes maktabida magistratura bosqichida tahsil olgan.

Faoliyati davomida Barclays Capital, TBC Capital, FINCA Bank va Alpha Capital Advisory kabi tashkilotlarda turli lavozimlarda ishlagan. Shuningdek, Hamkorbank kuzatuv kengashi a’zosi bo‘lgan.

Asakabankka tayinlanishidan oldin, 2024-yil dekabridan 2026-yil sentyabrigacha Ipoteka bank boshqaruv raisi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.

Eslatib o‘tamiz, Asakabank boshqaruv raisi lavozimida 2023-yil fevralidan Qudratilla To‘laganov ishlab kelgan. U 2026-yil fevralida Toshkent shahrining Olmazor tumani hokimi etib tayinlangan.

Shundan so‘ng, 26-fevral kuni Asakabank boshqaruv raisi lavozimi uchun ochiq tanlov e’lon qilingan edi.

Tanlov shartlariga ko‘ra, nomzodlardan bank-moliya sohasida kamida 10 yillik boshqaruv tajribasi, jumladan, kamida besh yil boshqaruv raisi yoki uning o‘rinbosari lavozimida ishlagan bo‘lish talab etilgan. Shuningdek, bankni transformatsiya qilish va xususiylashtirish jarayonlarini boshqarish tajribasiga ega nomzodlarga ustunlik berilishi belgilangan.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Saida Mirziyoyeva Emmanuel Makron bilan uchrashdi
/
Saida Mirziyoyeva Emmanuel Makron bilan uchrashdi
Yangi Toshkent shahri hokimligi tashkil etiladi
/
Yangi Toshkent shahri hokimligi tashkil etiladi
Shavkat Mirziyoyev Markaziy Osiyo uchun iqlim integratsiyasi modelini yaratishni taklif qildi
/
Shavkat Mirziyoyev Markaziy Osiyo uchun iqlim integratsiyasi modelini yaratishni taklif qildi