O‘zbekistonda 22-dekabr kuni metan zapravkalar belgilangan vaqtda odatdagi rejimda ishlaydi

Energetika vazirligiga ko‘ra, soat 10:00 dan 16:00 gacha barcha AGTKShlar ochiq bo‘ladi

O‘zbekistonda 22-dekabr kuni metan zapravkalar belgilangan vaqtda odatdagi rejimda ishlaydi

22-dekabr kuni avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchalari belgilangan vaqtlarda odatdagi rejimda ishlaydi. Bu haqda Energetika vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Unga ko‘ra, 22-dekabr kuni soat 10:00 dan 16:00 ga qadar Respublika bo‘yicha barcha metan zapravkalar odatdagi rejimda faoliyat yuritadi.

11-dekabr kuni Energetika vazirligi metan zapravkalar faoliyatiga vaqtincha cheklovlar kiritilishini xabar qilgandi. Bunga qo‘shni davlatdagi gaz tarmog‘ida kuzatilgan texnik nosozlik tufayli import qilinayotgan tabiiy gaz qisqargani sabab sifatida ko‘rsatilgan.

Birinchi navbatda aholi xonadonlari va ijtimoiy soha obyektlarini tabiiy gaz bilan barqaror ta‘minlash mahalliy hokimliklar bilan kelishilgan reja-grafiklarga asosan metan zapravkalar faoliyatiga vaqtincha cheklov kiritildi.

Undan keyin, hududlarda faoliyati cheklangan metan zapravkalar ish vaqti maʼlum qilindi. AGTKSHlar faoliyatiga kiritilgan cheklovlar bois ko‘plab hududlardagi zapravkalarda ish grafiklari o‘zgardi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

TBC Uzbekistan biznes uchun to‘liq raqamli ish haqi loyihasini ishga tushirdi
/
TBC Uzbekistan biznes uchun to‘liq raqamli ish haqi loyihasini ishga tushirdi
O‘zbekiston va Gonkong o‘rtasida Biznes kengashi tashkil etiladi
/
O‘zbekiston va Gonkong o‘rtasida Biznes kengashi tashkil etiladi
1-iyulda mudofaa tizimi xodimlarining ish haqi 20% ga oshiriladi
/
1-iyulda mudofaa tizimi xodimlarining ish haqi 20% ga oshiriladi