AGTKSh faoliyatiga vaqtincha cheklovlar qo‘llanmoqda

Mazkur choralar gaz ta’minotini barqarorlashtirishga qaratilgan

AGTKSh faoliyatiga vaqtincha cheklovlar qo‘llanmoqda

Energetika vazirligi aholining uy xo‘jaliklari hamda ijtimoiy soha obyektlarida tabiiy gaz bosimining pasayishini oldini olish maqsadida respublika bo‘ylab ayrim cheklovlar joriy etdi. Bu haqda “Hududgaz Poytaxt” xabar qildi.

Vazirlikka ko‘ra, mahalliy hokimliklar bilan kelishilgan reja-grafiklar asosida AGTKSh faoliyatiga vaqtincha cheklovlar qo‘llanmoqda. Mazkur choralar gaz ta’minotini barqarorlashtirishga qaratilgan.

Toshkent shahrida poytaxt hokimligi bilan kelishilgan holda 78 ta avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchalarining (AGTKSh) ish tartibi qayta belgilandi. Endilikda ular 06:00 dan 23:00 gacha faoliyat ko‘rsatadi.

Energetika vazirligi bu vaqtinchalik chora ekanini, gaz bosimini me’yorga keltirish bo‘yicha amaliy ishlar olib borilayotganini ta’kidladi. Holatga oid qo‘shimcha ma’lumotlar berib boriladi.

Shu bilan birga, jamoat transporti harakatining uzluksizligini ta’minlash maqsadida 21 ta AGTKSh tungi vaqtda ham ishlashda davom etadi va avtobuslarni yoqilg‘i bilan ta’minlaydi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekistonda avtoturargohlarga elektromobil quvvatlash stansiyalarini o‘rnatish talablari yangilandi
/
O‘zbekistonda avtoturargohlarga elektromobil quvvatlash stansiyalarini o‘rnatish talablari yangilandi
O‘zbekistonda qarz oluvchilarning 29% bir nechta kreditdan foydalanadi
/
O‘zbekistonda qarz oluvchilarning 29% bir nechta kreditdan foydalanadi
O‘zbekistonda katta yoshdagi aholining atigi 4%i jamg‘arma yoki muddatli depozitga ega
/
O‘zbekistonda katta yoshdagi aholining atigi 4%i jamg‘arma yoki muddatli depozitga ega