Jizzaxdagi 200 gektar maydonda alohida soliq va bojxona rejimi joriy qilinadi

Hududda AES qurilishi uchun zarur 70 turdagi mahsulot ishlab chiqarish rejalashtirilgan

Jizzaxdagi 200 gektar maydonda alohida soliq va bojxona rejimi joriy qilinadi

Jizzax viloyatidagi Egizbuloq mahallasida alohida soliq va bojxona rejimiga ega maxsus sanoat zonasi tashkil etiladi. Bu haqda 20-noyabr kuni Shavkat Mirziyoyev raisligidagi yig‘ilishda ma’lum qilindi.

Yig‘ilishda yirik strategik loyihalarni mahalliy qurilish materiallari bilan ta’minlash bo‘yicha yangi vazifalar belgilandi. Jizzax viloyatidagi atom elektr stansiyasi qurilishida $2,2 mlrdlik qurilish materiallari ishlatilishi ko‘zda tutilgan. Shu bois, Egizbuloq mahallasidagi 200 gektar maydonda alohida soliq va bojxona rejimiga ega maxsus sanoat zonasi tashkil etiladi.

Bu yerda stansiya qurilishi uchun zarur 70 turdagi yangi mahsulotlarni ishlab chiqarish vazifasi qo‘yildi. Shuningdek, import o‘rnini bosuvchi va megaloyihalarda qo‘llaniladigan mahsulotlar bo‘yicha talabni tahlil qilib, $20 mlrdlik loyihalarning tarmoq jadvalini tasdiqlash topshirildi.

Kelasi yildan yuqori qo‘shilgan qiymatli yangi mahsulotlar ishlab chiqarish loyihalari uchun ikki yillik imtiyozli davr bilan yillik 6% stavkada $200 mln resurs ajratiladi.

Korxonalarda energiya tejovchi uskunalar xarid qilish xarajatlarining 10 foizini, biroq 1 mkrd so‘mdan oshmagan qismini qoplab berish mexanizmi ham joriy qilinadi.

Yig‘ilishda O‘zbekiston qurilish materiallari eksportini $5 mlrdga yetkazishni rejalashtirayotgani ham ma’lum qilindi. Buning uchun yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarishni ko‘paytirish va mahalliy developerlarni xorijiy tenderlarga olib chiqish muhimligi qayd etildi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Toshkent — Parkent temiryo‘l liniyasi qurilishiga 535 mlrd so‘m yo‘naltirildi
/
Toshkent — Parkent temiryo‘l liniyasi qurilishiga 535 mlrd so‘m yo‘naltirildi
O‘zbekistonda qurilish materiallari eksportini $5 mlrdga yetkazish rejalashtirilmoqda
/
O‘zbekistonda qurilish materiallari eksportini $5 mlrdga yetkazish rejalashtirilmoqda
Energetika vazirligi AI-80 benzini birjaga chiqarilishi sababini tushuntirdi
/
Energetika vazirligi AI-80 benzini birjaga chiqarilishi sababini tushuntirdi