Anthropic IPO orqali rekord darajadagi $81,3 mlrd jalb qildi

Kompaniya joylashtirish hajmi bo‘yicha SpaceX’ning dastlabki rekordini ortda qoldirdi

Anthropic IPO orqali rekord darajadagi $81,3 mlrd jalb qildi

Claude sun’iy intellektini ishlab chiquvchi Amerikaning Anthropic kompaniyasi aksiyalarni birlamchi ommaviy joylashtirish (IPO) orqali $81,34 mlrd jalb qildi. Jalb qilingan mablag‘lar hajmi bo‘yicha bu natija SpaceX’ning $75 mlrdlik dastlabki rekordidan yuqori bo‘ldi. Bu haqda Reuters xabar berdi.

IPO’dan tashqari, Anthropic alohida xususiy aksiyalar joylashtiruvi orqali yana $26 mlrd jalb qilmoqda. Shu tariqa, kompaniya jalb qilayotgan mablag‘larning umumiy hajmi $107,3 mlrdga yetishi mumkin. Bitimda kompaniyaning o‘zi va uning amaldagi aksiyadorlari ishtirok etmoqda.

SpaceX’ning joylashtiruvidan avval tarixdagi eng yirik IPO Saudiya Arabistonining Saudi Aramco neft kompaniyasi tomonidan 2019-yilda amalga oshirilgan edi. O‘shanda kompaniya qo‘shimcha aksiyalar savdosini hisobga olmaganda, $25,6 mlrd jalb qilgan.

Anthropic kompaniyasi 2021-yilda OpenAI’ning sobiq xodimlari, jumladan, Dario va Daniela Amodeilar tomonidan tashkil etilgan. Kompaniya Claude sun’iy intellekt modellarini ishlab chiqishga ixtisoslashgan va ChatGPT yaratuvchisi OpenAI bilan raqobatlashadi.

Avvalroq SpaceX asoschisi Ilon Mask DealBook Summit konferensiyasida Anthropic ishlanmalariga ijobiy baho bergan edi. U kompaniyaning Opus va Fable modellarini alohida e’tirof etib, kelajakda Anthropic’ga SpaceX’ning qo‘shimcha hisoblash quvvatlari kerak bo‘lishi mumkinligini istisno qilmagan.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Beeline Uzbekistan egasi O‘zbekistonda bank sotib olish yoki tashkil etish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda
/
Beeline Uzbekistan egasi O‘zbekistonda bank sotib olish yoki tashkil etish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda
Turk investorlari uchun O‘zbekistonda $8,4 mlrdlik aktivlar savdoga chiqariladi
/
Turk investorlari uchun O‘zbekistonda $8,4 mlrdlik aktivlar savdoga chiqariladi
O‘zbekistonda 10 oyda 23,6 trln so‘mlik ipoteka kreditlari ajratildi
/
O‘zbekistonda 10 oyda 23,6 trln so‘mlik ipoteka kreditlari ajratildi