O‘zbekistonda 10 oyda 23,6 trln so‘mlik ipoteka kreditlari ajratildi

Ayollarga berilgan ipoteka kreditlari hajmi bir yil ichida 67% ga, yoshlarga ajratilgan kreditlar summasi esa 42,9% ga oshdi

O‘zbekistonda 10 oyda 23,6 trln so‘mlik ipoteka kreditlari ajratildi

O‘zbekistonda 2026-yilning yanvar–oktyabr oylarida jismoniy shaxslarga 23,6 trln so‘mlik ipoteka kreditlari ajratildi. Bu haqda Markaziy bank ma’lum qildi.

Hisobot davrida ipoteka kreditlarining asosiy qismi birlamchi uy-joy bozoriga to‘g‘ri keldi. Ushbu segmentda aholiga 17,4 trln so‘mlik kreditlar berildi. Bu 2025-yilning mos davridagi ko‘rsatkichdan 42% ga ko‘p.

Ikkilamchi uy-joy bozorida esa 6,2 trln so‘mlik ipoteka kreditlari ajratildi. Bu ko‘rsatkich ham bir yil ichida 33% ga oshgan.

Jinslar kesimida kreditlar taqsimotiga ko‘ra, erkaklarga 12,2 trln so‘mlik, ayollarga esa 11,4 trln so‘mlik ipoteka kreditlari berilgan. O‘tgan yilning mos davriga nisbatan erkaklarga ajratilgan kreditlar hajmi 20,9% ga, ayollarga berilgan kreditlar esa 67% ga oshgan.

Shuningdek, 2026-yilning dastlabki 10 oyida yoshlarga jami 7,2 trln so‘mlik 22,3 mingta ipoteka krediti ajratildi. O‘tgan yilning mos davriga nisbatan kreditlar soni 36,5% ga, ularning umumiy qiymati esa 42,9% ga ko‘paygan.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Toshkentda Yangi Bank bosh ofisi binosi 111,3 mlrd so‘mga sotildi
/
Toshkentda Yangi Bank bosh ofisi binosi 111,3 mlrd so‘mga sotildi
O‘zbekiston va O‘mon fuqarolari 30 kungacha vizasiz safar qilishi mumkin bo‘ladi
/
O‘zbekiston va O‘mon fuqarolari 30 kungacha vizasiz safar qilishi mumkin bo‘ladi
O‘zbekistonda oltin quymalari narxi yanvar oyidan beri eng past darajaga tushdi
/
O‘zbekistonda oltin quymalari narxi yanvar oyidan beri eng past darajaga tushdi