Energetika vazirligi AI-80 benzini birjaga chiqarilishi sababini tushuntirdi

Mahsulot faqat qayta ishlash korxonalariga xomashyo sifatida sotiladi, uni avtomobillarga yonilg‘i sifatida sotish bo‘yicha cheklovlar saqlanib qoladi

Energetika vazirligi AI-80 benzini birjaga chiqarilishi sababini tushuntirdi

Energetika vazirligi O‘zbekistonda Ai-80 markali benzinning birja savdolariga chiqarilishi yuzasidan izoh berdi.

Vazirlik ma’lumotlariga ko‘ra, birja savdolariga chiqarilgan Ai-80 benzini qayta ishlash korxonalarida xomashyo sifatida foydalanish uchun mo‘ljallangan.

Ushbu mahsulotdan texnologik qayta ishlash orqali yuqori oktanli benzin va boshqa kimyoviy mahsulotlar ishlab chiqarishda foydalanish mumkin.

Savdo shartlariga ko‘ra, Ai-80 benzinini faqat tegishli litsenziyaga ega qayta ishlash korxonalari xarid qilishi mumkin.

Energetika vazirligi mazkur savdolar Ai-80 benzinining avtomobillarga yonilg‘i quyish shoxobchalarida qayta sotila boshlashini anglatmasligini ta’kidlagan. Uni avtomobillarga yonilg‘i sifatida sotish bo‘yicha amaldagi cheklovlar o‘z kuchida qoladi.

Eslatib o’tamiz, 17-noyabr kuni O‘zbekiston respublika tovar-xomashyo birjasida AI-92 markali avtomobil benzining bir tonnasi 13,54 mln so‘mni tashkil etib, bir kun ichida 7,1% ga qimmatlashgandi.

Shu kuni AI-92 K2 va K2-L markali benzinlar mos ravishda 14,73 mln so‘m va 14,64 mln so‘mdan sotildi. So‘nggi ikki hafta davomida oddiy AI-92 benzini narxi sezilarli o‘zgardi. Xususan, uning bir tonnasi 12,35 mln so‘mgacha arzonlashgan, keyingi kunlarda esa 15,5 mln so‘mgacha ko‘tarilgan.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Anthropic IPO orqali rekord darajadagi $81,3 mlrd jalb qildi
/
Anthropic IPO orqali rekord darajadagi $81,3 mlrd jalb qildi
Beeline Uzbekistan egasi O‘zbekistonda bank sotib olish yoki tashkil etish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda
/
Beeline Uzbekistan egasi O‘zbekistonda bank sotib olish yoki tashkil etish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda
Turk investorlari uchun O‘zbekistonda $8,4 mlrdlik aktivlar savdoga chiqariladi
/
Turk investorlari uchun O‘zbekistonda $8,4 mlrdlik aktivlar savdoga chiqariladi