O‘zbekistonda metan zapravkalar faoliyatiga vaqtincha cheklov kiritilmoqda

Ma'lum qilinishicha, qo‘shni davlatdagi gaz tarmog‘ida kuzatilgan texnik nosozlik tufayli import qilinayotgan tabiiy gaz qisqargan

O‘zbekistonda metan zapravkalar faoliyatiga vaqtincha cheklov kiritilmoqda

O‘zbekistonda metan zapravkalar faoliyatiga vaqtincha cheklov kiritilmoqda, deya xabar berdi Energetika vazirligi.

Qayd etilishicha, qo‘shni davlatdagi gaz tarmog‘ida kuzatilgan texnik nosozlik tufayli import qilinayotgan tabiiy gaz qisqargani sababli zarur choralar ko‘rilmoqda.

Birinchi navbatda aholi xonadonlari va ijtimoiy soha obyektlarini (maktab, maktabgacha ta’lim tashkilotlari, shifoxonalar, oliy ta’lim muassasalari, issiqlik elektr stansiyalari va boshqalar) tabiiy gaz bilan barqaror ta’minlash bosh vazifalarimizdan biri hisoblanadi, deyiladi xabarda.

Shu bois, aholi xonadonlari va ijtimoiy soha obektlarida tabiiy gaz bosimi pasayishini oldini olish maqsadida mahalliy hokimliklar bilan kelishilgan reja-grafiklarga asosan metan zapravkalar faoliyatiga vaqtincha cheklov kiritilmoqda.

Vazirlik bu zaruriy choralar vaqtincha bo‘lib, gaz bosimini me’yorga keltirish bo‘yicha amaliy ishlar olib borilayotganini hamda holat haqida qo‘shimcha ma’lumot berilishini bildirdi.

Bugungi kunda O‘zbekiston gazni Rossiya va Turkmanistondan import qiladi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

AQSH vizani tezlashtirish uchun $750 lik yangi xizmatni joriy etadi
/
AQSH vizani tezlashtirish uchun $750 lik yangi xizmatni joriy etadi
TBC Uzbekistan biznes uchun to‘liq raqamli ish haqi loyihasini ishga tushirdi
/
TBC Uzbekistan biznes uchun to‘liq raqamli ish haqi loyihasini ishga tushirdi
O‘zbekiston va Gonkong o‘rtasida Biznes kengashi tashkil etiladi
/
O‘zbekiston va Gonkong o‘rtasida Biznes kengashi tashkil etiladi