Rossiya o‘zbekistonlik yuk haydovchilari uchun mamlakatda bo‘lish muddatini 2 baravar uzaytirdi

Yangi tartib 30-iyundan kuchga kirib, haydovchilar oldindan ariza topshirishi kerak bo‘ladi

Rossiya o‘zbekistonlik yuk haydovchilari uchun mamlakatda bo‘lish muddatini 2 baravar uzaytirdi

Rossiya hukumati MDH davlatlari va Gruziyadan keladigan yuk mashinasi haydovchilari uchun vaqtinchalik bo‘lish muddatini yiliga 90 kundan 180 kungacha uzaytirdi. Mazkur tartib O‘zbekiston fuqarolariga ham tatbiq etiladi.

Yangi qoidalar 2026-yil 30-iyundan kuchga kiradi. Shu bilan birga, haydovchilar Rossiyaga kirish uchun oldindan ariza topshirishi kerak bo‘ladi.

Avvalroq Savdo sanoat palatasi biznes vakillari mahalliy yuk tashuvchilar uchun Rossiyada bo‘lish muddatini uzaytirishni so‘ragan edi. Xususan, joriy yil yanvar oyida Farg‘onadagi tadbirkorlardan biri haydovchilar mavjud limitni tezda tugatib qo‘yishi va keyinchalik mamlakatga kirishda cheklovlarga duch kelayotganini bildirgan.

ATi.SU birjasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yil I chorakda O‘zbekistonga yuk tashishga bo‘lgan talab yillik hisobda 72% ga oshgan. Asosiy o‘sish Rossiyadan yetkazib berishlar hisobiga ta’minlanib, buyurtmalar soni 80% ga ko‘paygan.

Shu bilan birga, eksport yo‘nalishidagi o‘sish nisbatan past bo‘lib, bir yil davomida talab 10% ga oshgan. Eng katta ulush Rossiya yo‘nalishiga to‘g‘ri keladi (+8%), shuningdek, Belarus va Qozog‘iston bo‘yicha ham o‘sish qayd etilgan.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Kelgusi oylarda so‘m kursiga yuqori bosim kutilmayapti — Markaziy bank
/
Kelgusi oylarda so‘m kursiga yuqori bosim kutilmayapti — Markaziy bank
Markaziy bank asosiy stavkani 14% darajasida saqlab qoldi
/
Markaziy bank asosiy stavkani 14% darajasida saqlab qoldi
Farg‘ona xalqaro aeroportida yangi yo‘lovchi va yuk terminallarini barpo etilishi rejalashtirilmoqda
/
Farg‘ona xalqaro aeroportida yangi yo‘lovchi va yuk terminallarini barpo etilishi rejalashtirilmoqda