Bitcoin va Ethereum’ga institutsional qiziqish ortmoqda

Tahliliga ko‘ra, uzoq davom etgan yuqori volatillikdan so‘ng kriptobozor yangi o‘sish bosqichiga kirishi mumkin

Bitcoin va Ethereum’ga institutsional qiziqish ortmoqda

Bitcoin’ning o‘sishi tobora fundamental omillar bilan izohlanmoqda. Bozordagi tiklanishga qulay makroiqtisodiy sharoitdan tashqari, spot Bitcoin ETF’lariga kapital oqimining qayta kuchayishi, Ethereum ETF’lariga qiziqishning ortishi hamda tartibga solinadigan kriptoinfratuzilmaning rivojlanishi ta’sir ko‘rsatmoqda.

17–20-avgust kunlari spot Bitcoin ETF’lari jami qariyb $1,6 mlrd mablag‘ jalb qilgan. Bu institutsional investorlarning raqamli aktivlarga bo‘lgan talabi saqlanib qolayotganini ko‘rsatmoqda.

Binance Research tahliliga ko‘ra, ETF’lar, Bitcoin saqlayotgan korporatsiyalar va uzoq muddatli investorlar tomonidan shakllanayotgan talab kriptovalyuta bozorini qo‘llab-quvvatlashda muhim rol o‘ynamoqda. Shu sababli Bitcoin narxi real kapital oqimlari va institutsional pozitsiyalanishlarga avvalgidan ko‘ra ko‘proq ta’sirchan bo‘lib bormoqda.

Ijobiy tendensiya Bitcoin bilan cheklanmayapti. Ethereum ham institutsional kapitalni jalb qilmoqda, kriptobozorning umumiy kapitallashuvi esa yana $2 trlndan oshdi.

Bozordagi ushbu jarayonlar uzoq davom etgan yuqori volatillikdan so‘ng kriptobozor yangi o‘sish bosqichiga kirishi mumkinligi haqidagi kutilmalarni kuchaytirmoqda.

Agar institutsional kapital oqimi, tartibga solinadigan kripto-mahsulotlarning rivojlanishi va real talab o‘sishda davom etsa, mavjud impuls raqamli aktivlar bozorining yanada barqaror tiklanishi uchun asos bo‘lishi mumkin.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

1-sentabr O‘zbekistonda nimalar o‘zgaradi?
/
1-sentabr O‘zbekistonda nimalar o‘zgaradi?
Markaziy bank: O‘zbekiston kapital harakatini liberallashtirish bo‘yicha reja ishlab chiqdi
/
Markaziy bank: O‘zbekiston kapital harakatini liberallashtirish bo‘yicha reja ishlab chiqdi
O‘zbekiston mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan oltin va kumush tangalar sotuvga chiqarildi
/
O‘zbekiston mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan oltin va kumush tangalar sotuvga chiqarildi