Yevropa Ittifoqi O‘zbekistondagi ikki kompaniyaga sanksiya kiritdi

Farg‘ona kimyo zavodi va Raw Materials Cellulose Rossiyaning harbiy-sanoat zanjiriga aloqadorlikda ayblanmoqda

Yevropa Ittifoqi O‘zbekistondagi ikki kompaniyaga sanksiya kiritdi

Yevropa Ittifoqi 23-aprel kuni O‘zbekistondagi ikkita kompaniyaga, Raw Materials Cellulose va Farg‘ona kimyo zavodiga qarshi sanksiyalar kiritdi. 

Farg‘ona kimyo zavodi paxta sellyulozasi ishlab chiqaradi. U Rossiyaning “Perm porox” zavodi va “Qozon porox” zavodiga mahsulotlar yetkazib beradi. Bu zavodlar esa paxta sellyulozasidan Rossiya Qurolli kuchlari uchun qurol ishlab chiqarishda foydalanishi aytilmoqda.

Zavod harbiy texnologiyalar va uskunalar yetkazib berish zanjirida ishtirok etish orqali Rossiyaning harbiy-sanoat kompleksini qo‘llab-quvvatlamoqda, deyiladi Yevropa Ittifoqi e’lon qilgan hujjatda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Farg‘ona kimyo zavodi Rustam Mo‘minov tomonidan nazorat qilinadi. Tadbirkorning o‘zi 2025-yil oktyabr oyi oxirida Yevropa Ittifoqining sanksiyalari ro‘yxatiga kiritilgandi.

Raw Materials Cellulose ham O‘zbekistonda faoliyat yurituvchi, paxta sellyulozasi ishlab chiqaruvchi kompaniya hisoblanadi. U mahsulotni Rossiyaning harbiy-sanoat korxonalariga, jumladan, “Tambov porox” zavodiga yetkazib beradi. Ushbu korxona undan porox ishlab chiqarishda foydalanadi. Shu sababli Yevropa Ittifoqi uni sanksiyalar ro‘yxatiga kiritmoqda. Buyuk Britaniya va Ukraina allaqachon yuqoridagi kompaniyalarga sanksiyalar qo‘llagan.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Toshkentda 2026-yilda 18 ta yangi turizm koʻchasi tashkil etiladi
/
Toshkentda 2026-yilda 18 ta yangi turizm koʻchasi tashkil etiladi
Toshkentdagi peshtaxtalarni reklama sifatida baholash tartibini qayta ko‘rib chiqish taklif qilindi
/
Toshkentdagi peshtaxtalarni reklama sifatida baholash tartibini qayta ko‘rib chiqish taklif qilindi
Uy-joy bozorida bitimlar soni bir oyda 47% ga oshdi
/
Uy-joy bozorida bitimlar soni bir oyda 47% ga oshdi