Toshkent shahar markazidan yangi aeroport o’tuvchi pulli magistral quriladi

Shuningdek, qariyb 100 km uzunlikdagi halqa pulli yo‘l qurilishi muhokama qilindi

Toshkent shahar markazidan yangi aeroport o’tuvchi pulli magistral quriladi

Toshkentda pulli yo‘llar qurilishi rejalashtirilmoqda. Bu Toshkent shahri hokimi Shavkat Umurzakov boshchiligidagi delegatsiya va China Railway Construction Corporation rahbariyati bilan uchrashuvida ma’lum qilindi.

Toshkent shahri hokimligi ma’lum qilishicha, muzokaralarda poytaxt transport infratuzilmasini rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratilgan.

Tomonlar Toshkentda qo‘shimcha pulli avtomobil yo‘llarini qurish loyihalarini muhokama qilgan. Jumladan, uzunligi qariyb 100 kilometr bo‘lgan halqa pulli yo‘lini barpo etish istiqbollari ko‘rib chiqilgan. Shuningdek, kelgusi yillarda qurilishi rejalashtirilayotgan yangi xalqaro aeroport yo‘nalishida shaharning markaziy qismidan o‘tuvchi yangi pulli magistral qurilishi masalasi ham muhokama qilingan.

Bundan tashqari, uchrashuvda Toshkentni kompleks renovatsiya qilish, shahar infratuzilmasini modernizatsiyalash hamda shaharsozlik va ekologiya sohalariga zamonaviy yechimlarni joriy etish bo‘yicha hamkorlik istiqbollari ko‘rib chiqildi.

Shavkat Umurzakov kompaniyaga renovatsiya hududlaridagi loyihalarda ishtirok etish, shuningdek, zamonaviy ekologik standartlar asosida qurilish va maishiy chiqindilarni qayta ishlashga mo‘ljallangan ixtisoslashtirilgan poligon qurish imkoniyatini ko‘rib chiqishni taklif qilgan.

Muzokaralarda ijtimoiy infratuzilma obyektlari — zamonaviy maktablar, bog‘chalar, tibbiyot muassasalari va boshqa ijtimoiy ahamiyatga ega obyektlarni qurish masalalari ham muhokama qilingan.

China Railway Construction Corporation vakillari Toshkent hokimligi takliflarini o‘rganishdan manfaatdor ekanliklarini bildirib, amaliy hamkorlikni rivojlantirishga tayyor ekanliklarini qayd etgan.

Pulli yo‘llar

Fevral oyi oxirida Urganch-Xiva yo‘nalishida birinchi pulli avtomobil yo‘lini qurish boshlangandi. Qiymati $120 mlnlik loyiha doirasida 35 km uzunlikdagi zamonaviy yo‘l, ko‘prik va tunnellardan iborat yirik infratuzilma barpo etiladi.

$2,25 mlrdlik Toshkent-Samarqand yangi pulli yo‘li Sergelidagi Toshkent halqa yo‘lidan boshlanadi. Hukumat yo‘lni, avvalo, Toshkent-Sirdaryo uchastkasidan bosqichma-bosqich ishga tushirish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Tarif investorlar bilan muzokaralardan so‘ng, aholining moliyaviy imkoniyatlari hisobga olingan holda belgilanadi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Raqobat qo‘mitasi Qurbon hayiti arafasida narxlarni asossiz oshirmaslik bo‘yicha ogohlantirdi
/
Raqobat qo‘mitasi Qurbon hayiti arafasida narxlarni asossiz oshirmaslik bo‘yicha ogohlantirdi
Ayrim tadbirkorlarga garovsiz mikrokredit limiti 200 mln so‘mgacha oshirilishi taklif qilindi
/
Ayrim tadbirkorlarga garovsiz mikrokredit limiti 200 mln so‘mgacha oshirilishi taklif qilindi
O‘zbekistonda aholiga sezilgan inflyatsiya 11,1% darajasida qayd etildi
/
O‘zbekistonda aholiga sezilgan inflyatsiya 11,1% darajasida qayd etildi