Sanoat sohasida xorijiy mutaxassislarni jalb qilganda ayrim to‘lovlar undirilmaydi

Bunda mutaxassis jalb etilganligi faktini tasdiqlovchi hujjat ilova qilinishi lozim

Sanoat sohasida xorijiy mutaxassislarni jalb qilganda ayrim to‘lovlar undirilmaydi

2025-yil 22-yanvarda Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston hududida mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqini tasdiqlovchi pasport” haqidagi qaroriga ayrim o‘zgartirishlar kiritildi

Endilikda mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqini tasdiqlovchi pasport arizaga Sanoat yo‘nalishlari bo‘yicha jalb etiladigan xorijiy mutaxassislar ro‘yxatida ko‘rsatilgan sanoat tarmoqlari bo‘yicha xorijiy mutaxassis jalb qilinganda mutaxassis jalb etilganligi faktini tasdiqlovchi hujjat ilova qilinishi lozim.

Taniqli xalqaro brendlar (texnologlar, dizaynerlar, marketologlar) mutaxassislarini jalb qilishda ularning ushbu brendlarda faoliyat yuritishini tasdiqlovchi hujjat ilova qilinishi kerak. 

Bu turdagi yo‘nalishlarda tasdiqnoma berish uchun to‘lov undirilmaydi.

O‘zbekiston hududida mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqini tasdiqlovchi pasportning amal qilish muddati xalqaro brend hamkorlari va milliy brend egalari tomonidan jalb qilingan xorijiy fuqarolar uchun shartnoma muddatiga bog’liq, lekin uch yildan oshmagan muddatga belgilanadi.

Shuningdek, tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibiga qo‘shimcha kiritildi. Endilikda, erkin iqtisodiy zonada investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun elektron onlayn-auksionda g‘olib bo‘lgan yuridik shaxslar davlat ro‘yxatidan qayta o‘tishi talab etiladi.

Mazkur hujjat 2025-yil 24-yanvardan kuchga kirdi.

Avvalroq O’zbekistonda taniqli xalqaro brendlar ostida sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarishga kamida $1 mln grant ajratilishi haqida yozgan edik.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Moody’s reytingining oshishi O‘zbekistonga arzon moliyalashtirish imkonini beradi — Saida Mirziyoyeva
/
Moody’s reytingining oshishi O‘zbekistonga arzon moliyalashtirish imkonini beradi — Saida Mirziyoyeva
O‘zbekiston bank tizimining sof foydasi 8,5 trln so‘mdan oshdi
/
O‘zbekiston bank tizimining sof foydasi 8,5 trln so‘mdan oshdi
Moody’s O‘zbekistonning suveren kredit reytingini “Ba2” darajasiga oshirdi
/
Moody’s O‘zbekistonning suveren kredit reytingini “Ba2” darajasiga oshirdi