O’zbekistonda taniqli xalqaro brendlar ostida sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarishga kamida $1 mln grant ajratiladi

Milliy brendlar ro'yxatiga kiritilgan brendlar egalari uchun 50%gacha xarajatlar qoplab beriladi

O’zbekistonda taniqli xalqaro brendlar ostida sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarishga kamida $1 mln grant ajratiladi

Joriy yilning 8-noyabrda milliy brendlar egalarini va taniqli xalqaro brendlar hamkorlarini Savdoga ko‘maklashish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan qo‘llab-quvvatlash tartibi tasdiqlandi.

Hujjatda ariza berish va ko’rib chiqish, shuningdek yordam ko’rsatish tartibi, moddiy yordam predmeti va yo’nalishlari, qo’llab-quvvatlash ko’lami va shartlari ko’rsatilgan.

Xalqaro brendlar ro‘yxatiga kiritilgan brend egalari bilan sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar tuzgan yuqori va o‘rta barqarorlik reytinglariga ega bo‘lgan tadbirkorlik subyektlari uchun ularning ishlab chiqarish maydonlarida xalqaro standartlarni joriy etish, ekologik va muvofiqlikni sertifikatlash, mutaxassislarning malakasini oshirish xarajatlari qoplanadi. 

Taniqli xalqaro brendlar ostida sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarishga kamida $1 mln miqdorida grantlar ajratiladi.

Milliy brendlar ro’yxatiga kiritilgan brendlar egalari uchun 50%gacha xarajatlar quyidagi maqsadlarda qoplab beriladi:

  • xalqaro standartlashtirish va sertifikatlashtirish tizimlarini joriy etish, shuningdek, milliy mahsulotlar va brendlarni (tovar belgilarini) xorijiy vakolatli organlarda ro‘yxatdan o‘tkazish;
  • xalqaro savdo maydonchalariga (bozorlariga) kirish, xorijiy mamlakatlardagi “Made in Uzbekistan” savdo zallarida mahsulotlarni joylashtirish, tashqi savdo uylarini tashkil etishda binolarni ijaraga berish;
  • xalqaro ko‘rgazmalarda ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tish, maydonlarni ijaraga olish, ko‘rgazma stendlarini tashkil etish va internet tarmog‘ida reklama materiallarini joylashtirish;
  • ishlab chiqarish biznes-jarayonlarini avtomatlashtirish uchun axborot tizimlarini joriy etish (CRM, ERP, CERM);
  • kamida bir yil ishga qabul qilingan malakali xorijiy mutaxassislarga ish haqi to’lash.

Shu bilan birga, sanoat tarmoqlarida talab qilinadigan mahalliy mutaxassislarni tasdiqlangan yo‘nalishlarda tayyorlash va malakasini oshirish xarajatlari ham qoplab beriladi.

 Hujjat shu yilning 12-noyabridan kuchga kirdi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Tijorat banklarining muammoli kreditlari 23,6 trln so‘mdan oshdi
/
Tijorat banklarining muammoli kreditlari 23,6 trln so‘mdan oshdi
Moody’s reytingining oshishi O‘zbekistonga arzon moliyalashtirish imkonini beradi — Saida Mirziyoyeva
/
Moody’s reytingining oshishi O‘zbekistonga arzon moliyalashtirish imkonini beradi — Saida Mirziyoyeva
O‘zbekiston bank tizimining sof foydasi 8,5 trln so‘mdan oshdi
/
O‘zbekiston bank tizimining sof foydasi 8,5 trln so‘mdan oshdi